Samarqand viloyati sudida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 20-mart kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Samarqand viloyati bo‘limi tomonidan Samarqand viloyati sudi bilan hamkorlikda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman va shahar sudi sudyalari uchun “Ekspertiza tayinlashda mavjud muammolarni bartaraf etish, “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari” mavzularida seminar o’quv mashg’uloti tashkil etildi.
Seminarda bo‘limda o’tkazilayotgan ekspertizalar va yangi joriy etilgan turlari bo’yicha hamda “E-ekspertiza” elektron tizimi orqali ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimlarni integratsiya qilgan holda yuborish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.