Joriy yilning 30-31-yanvar kunlari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Y.Rustemov tomonidan Tergovga qadar tekshiruv organlari xodimlari uchun “Yong‘inlarni tadqiq qilish, tergovga qadar tekshiruv yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Yong‘in-texnik ekspertizasi imkoniyatlari, shuningdek, Yong‘inlarni tadqiq qilish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.