
⚡️Ayni damda X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi direktori A.Xalilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Germaniyaning “Thermo Fisher Scientific” kompaniyasida innovatsion va istiqbolli texnologiyalari bilan tanishish va tajriba almashish maqsadida bo‘lib turibdi.
✔️ Tashrif davomida Markaz delegatsiyasi Germaniyaning Darmstadt shahridagi Thermo Fisher Scientific Amaliy markazida bo‘lib, kompaniya vakillari Stefano Borella, Emmanuel Louis va Akaki Petriashvililar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
✔️Unda dastlab Markaz direktori A.Xalilov tomonidan yurtimizda, xususan, Markazda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar berildi.
✔️ Shuningdek, uchrashuv davomida Markazning texnologik bazasini kengaytirish istiqbollari, zamonaviy asbob uskunalar va reagent to‘plamlari yordamida amaliy laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, sud genetikasi bo‘yicha zamonaviy usullarni ekspertiza amaliyotiga joriy etish bo‘yicha tajriba almashish, malaka oshirish, qo‘shma seminarlar o‘tkazish hamda mazkur yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan memorandum imzolash imkoniyatlari muhokama etildi.
✔️ Uchrashuvlar yakunida Kompaniya vakillari tomonidan kompaniya faoliyati hamda sud-ekspertiza sohasining zamonaviy imkoniyatlari borasida seminarlar o‘tkazilib, delegatsiya vakillari Amaliy markaz hamda laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
✔️Markaz delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.