Zamonaviy ota-onalar tobora ko‘proq bolaga qanday sport bilan shug‘ullanish yaxshiroq ekanligi haqida o‘ylashmoqda: kimdir suzishni orzu qiladi, kimdir futbol haqida, kimdir badiiy gimnastika yoki jang san’atlari haqida. Ammo bolaning qaysi sport turi bilan shug‘ullanishini bo‘yicha biologik, fiziologik yoki psixologik moyilligini oldindan aniqlash mumkinmi? Va zamonaviy ilm-fan bu haqda nima deydi?
Bugunki kunda bu savollarga yechim topilgan. Ayni davrda xalqaro sport federatsiyalari va sport maktablari bolalarning to‘g‘ri sport ixtisosligini tanlash uchun genetik, antropometrik, psixofiziologik va tibbiy baholash ma’lumotlaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda.
Sport qobiliyati murakkab biologik jarayonlarga tayangan bo‘lib, organizmning morfologik, fiziologik va metabolik xususiyatlarining uyg‘unligi bilan belgilanadi. Insonning jismoniy salohiyati nafaqat muhit, tarbiya va mashg‘ulot tizimi bilan, balki genetik omillar bilan ham bevosita bog‘liqdir.
Sport qobiliyatining biologik asosi avvalo skelet mushaklarining tuzilishi va funksional imkoniyatlariga borib taqaladi. Skelet mushaklari sekin qisqaruvchi va tez qisqaruvchi tolalardan tashkil topgan bo‘lib, ularning nisbati har bir sportchining kuch, chidamlilik yoki tezlik salohiyatini belgilovchi muhim omildir. Sekin qisqaruvchi tolalar oksidativ metabolizmga moslashgan bo‘lib, uzoq masofaga yugurish yoki chidamlilik talab qiladigan sport turlarida ustunlik yaratadi. Tez qisqaruvchi tolalar esa anaerob yo‘l bilan energiya ishlab chiqaradi va sprinterlik, sakrash yoki og‘ir atletika kabi yuqori kuch va tezkorlikka asoslangan sport faoliyatlarida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mushak to‘qimalarining bu xilma-xilligi katta darajada genetik omillar bilan belgilanadi va hayot davomida nisbat o‘zgarishi cheklangan bo‘ladi.
Xo‘sh genetik nuqtai nazardan sportga moyillikni aniqlash mumkinmi?
So‘nggi 15-20 yillik ilmiy tadqiqotlar ba’zi genlar jismoniy mashqlar turiga moyillik bilan bog‘liqligini tasdiqladi:
Ushbu genlar 3 guruxga ajratish mumkin:
- Kuch va tezlik genlari
ACTN3 (R577X) – “sprinter geni”
RR yoki RX genotipiga ega bo‘lgan bolalar ko‘pincha quyidagi sport turlarida yuqori natijalarga erishadilar:
- yengil atletika (Sprint);
- jang san’atlari;
- og‘ir atletika;
- keskin tezlashishni talab qiladi futbol o‘yin pozitsiyalari.
- Chidamlilik genlari
ACE (I/D) aerob qobiliyatining asosiy belgilaridan biridir.
Genotip II quyidagi sport turlari bilan bog‘liq:
- uzoq masofalarga yugurish;
- chang‘i poygasi;
- uzoq masofalarga suzish;
- triatlon;
- eshkak eshish.
3.Shikastlanish xavfi bilan bog‘liq genlar
COL1A1, COL5A1, GDF5-bo‘g‘imlarning zaiflik belgilari.
Ushbu genlarni tahlil qilish farzand quyidagilarga moyilligi mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlash imkonini beradi:
- Gimnastika yoki akrobatirka bilan shug‘ullanish;
- Shikastlanishlarga moyilligi mavjudligi yoki yo‘qligini aniqlsh.
Ayna shu genlarni tahlil qilish yo‘li bilan farzandlarning qaysi sport turiga moyilligi mavjudligini aniqlab shug‘ullanadigan to‘g‘ri sport turini tanlash mumkin.
Ayni vaqtda ushbu genlarni tekshiruvchi maxsus to‘plamlar yaratilgan va bizning Markazda ham sport genetikasi bo‘yicha tahlillar amaliyotga joriy etilgan.
Adabiyotlar
- Yang N. et al. ACTN3 genotype is associated with human elite athletic performance. American Journal of Human Genetics, 2003.
- Montgomery H. et al. Human gene for physical performance. Nat Genet, 1998.
- Eynon N. et al. ACE gene and endurance performance. J Appl Physiol, 2009.
- Lucia A. et al. Genetic factors in elite athletes. Sports Medicine, 2005.
- September A. et al. Genetic risk factors for tendon injuries. British Journal of Sports Medicine, 2008.
- Collins M., Raleigh S. Gene variants associated with soft tissue injuries. Sports Med., 2009.
- Malina R., Bouchard C. Growth, Maturation and Physical Activity.
- Norton K., Olds T. Anthropometrica, 2001.
- Williams A., Reilly T. Talent identification in soccer. Sports Medicine, 2000.
- Gould D., Dieffenbach K. Psychological characteristics of elite athletes. Journal of Applied Sport Psychology, 2002.
- Ruiz J. et al. Genetics and athletic performance. Current Opinion in Cardiology, 2009.
- Kiss M. et al. Sports genomics advances. Genes, 2019.
- National Standards for Sport and Physical Education (USA).
- Приказ Минспорта РФ № 1085 «Федеральный стандарт спортивной подготовки», 2019.
- European Sports Genomics Consortium, Annual Report, 2019.
Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri A.E.Normatov
Iste’mol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi mudiri N.Saitova