Nutq madaniyati har qanday jamiyatning koʻzgusidir. U nafaqat shaxslararo munosabatlarni, balki butun bir xalqning tafakkur darajasi va oʻzaro hurmatini ham aks ettiradi. Biz kundalik muloqatda ishlatadigan har bir soʻzimiz nafaqat oʻzimizning ichki dunyoyimizni, balki atrofdagilarga boʻlgan chuqur hurmatimizni yoki aksincha, eʼtiborsizligimizni ham koʻrsatadi. Afsuski, baʼzida bilib-bilmay aytilgan ayrim soʻzlar suhbatdoshimizni ranjitishi, uning shaʼni va qadriga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bu esa oʻz navbatida, sogʻlom muloqot muhitini buzadi, ishonchsizlikni keltirib chiqaradi va hatto ijtimoiy kelishmovchiliklarga ham zamin yaratadi. Shu sababli, bizning har birimiz uchun haqoratli va kamsituvchi soʻzlarni bir-biridan aniq farqlay bilish va ularni oʻz nutqimizdan butunlay chiqarib tashlash juda muhimdir. Bu nafaqat shaxsiy odobimizning, balki fuqarolik burchimizning ham ajralmas qismidir. Insonlar bir-biri bilan muloqat qilish orqali fikr almashadi, his-tuyg‘ularini bildiradi, muammolarini hal qiladi yoki biror ishni yo‘lga qo‘yadi. Ammo ba’zan muloqat jarayonida ishlatiladigan ayrim so‘zlar yoki iboralar odamlar o‘rtasida kelishmovchilikka, gina-kuduratga, janjalga yoki ruhiy jarohatga sabab bo‘ladi. Ko‘pchilik bunday so‘zlarni oddiy yoki oddiyroq hazil deb o‘ylashi mumkin. Aslida esa, bunday iboralar inson sha’niga tegadi, uni kamsitadi, ich-ichidan ezadi. Ayniqsa, haqoratli va kamsituvchi so‘zlar bunday holatlarning eng og‘ir shakli hisoblanadi.
Haqorat – bu shaxsning shaʼni va qadr-qimmatini ochiqdan-ochiq oyoq osti qiluvchi, unga nisbatan hurmatsizlikni ifodalovchi soʻz yoki iboradir. Haqoratli soʻzlar asosan quyidagicha namoyon boʻladi: soʻkish va beadab soʻzlar, shaxsiy hujumlar (kimsaning tashqi koʻrinishi, aqliy qobiliyati, oilaviy holati yoki boshqa shaxsiy xususiyatlarini masxara qilish, masalan, “ahmoq”, “xunuk” kabi soʻzlar), tahdid va qoʻrqitish (ogʻzaki tahdidlar, kimgadir zarar yetkazish bilan poʻpisa qilish), shuningdek, din, millat, jins yoki irqqa asoslangan haqoratlar. Bu turdagi haqoratlar ayniqsa xavfli boʻlib, nafrat va kamsitishni targʻib qiladi. Haqoratli soʻzlar tinglovchida qattiq ruhiy zarba, gʻazab va tushkunlikni keltirib chiqaradi. Ular munosabatlarni buzadi va salbiy muhit yaratadi. Haqoratli so‘zlar odatda biror shaxsga bevosita qaratilgan bo‘ladi. Maqsad aniq: uni ranjitish, yerga urish, og‘rintirish. Haqorat – bu faqat yomon so‘z emas. Bu – boshqa odamni kamsitish, unga nisbatan nafrat, bepisandlik va hurmatsizlik ifodasi. Ba’zida bu so‘zlar g‘azab bilan, asabiylashgan paytda aytiladi. Ammo holat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu so‘zlar boshqa odamga zarar yetkazadi. Masalan, insonni “ahmoq”, “it”, “odam emas”, “yo‘qsil”, “past odam” kabi so‘zlar bilan atash – haqorat sanaladi. Bundan tashqari, odamning tashqi ko‘rinishini, jismoniy nuqsonini, o‘ziga xos xususiyatlarini tilga olib masxara qilish ham haqorat hisoblanadi. Ko‘pincha bu kabi iboralar odamlar o‘rtasida janjal, adovat va hatto huquqiy mojarolarga sabab bo‘ladi. Huquqiy jihatdan ham, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasida, boshqalarni ataylab haqorat qilish – jamoat joylarida, ijtimoiy tarmoqlarda yoki og‘zaki shaklda bo‘lsin – ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ya’ni, og‘zidan chiqqan bitta og‘ir so‘z uchun inson qonun oldida javob berishi mumkin.
Kamsitish – bu shaxsni biror xususiyati (jinsi, irqi, yoshi, dini, nogironligi, ijtimoiy kelib chiqishi) tufayli boshqalardan pastroq koʻrsatish, uning huquq va imkoniyatlarini cheklashga urinishdir. Kamsituvchi soʻzlar koʻpincha yashirin, nozik tarzda ishlatilsa-da, ularning taʼsiri haqoratdan kam boʻlmaydi. Misollar: stereotiplarni qoʻllash (maʼlum bir guruhga oid notoʻgʻri umumlashtirilgan fikrlarni ifodalash, misol uchun, “barcha ayollar hissiyotli”, “barcha erkaklar kuchli” kabi), nogironlarga nisbatan eʼtiborsizlik (nogironligi bor insonlarga nisbatan ularning qobiliyatini shubha ostiga oluvchi yoki ularni “boshqa” qilib koʻrsatuvchi soʻzlarni ishlatish), milliy yoki irqiy ajratish (bir millat yoki irqni boshqasidan ustun qoʻyish, ularning madaniyatini pastga urish), jinsga oid soʻzlar (ayollar yoki erkaklarga nisbatan ularning jinsiga qarab cheklovlar qoʻyish, misol uchun, “bu ish ayollar uchun emas” yoki “erkaklar yigʻlamaydi” kabi), yoshga bogʻliq kamsitish (yosh yoki keksa odamlarning yoshiga qarab baholash, ularning fikrlarini inobatga olmaslik). Kamsituvchi soʻzlar jamiyatda tengsizlikni kuchaytiradi, odamlarni oʻzlarini past his qilishiga sabab boʻladi.
Kamsituvchi so‘zlar esa odatda biror shaxsga emas, balki butun bir ijtimoiy guruhga qaratiladi. Bu kabi iboralar jamiyatda tengsizlikni kuchaytiradi, ajratish, yomon ko‘rish va nafratni keltirib chiqaradi. Eng achinarlisi shuki, kamsituvchi so‘zlar ko‘pincha “fikrimni aytdim”, “ochiqchasiga gapirdim” deb oqlanadi. Aslida esa, bu kabi so‘zlar jamiyatda murosasizlikni kuchaytiradi, hatto ruhiy bosimga olib keladi. Masalan, “ayollardan rahbar chiqmaydi”, “nogironlar foydasiz”, “yoshlar hech narsani tushunmaydi”, “u millatdan odam chiqmaydi”, “ular shunaqa xalq” kabi gaplar kamsitishdir. Bu kabi stereotiplarga asoslangan iboralar orqali insonlar jamiyatdan chetlatiladi, o‘zini keraksiz his qiladi. Bunday iboralar jins, yosh, irq, millat, diniy e’tiqod, jismoniy imkoniyat kabi tabiiy farqlarga nisbatan adolatsiz munosabatni kuchaytiradi. Kamsituvchi so‘zlar o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat axloqiy nuqtayi nazardan, balki huquqiy jihatdan ham og‘ir hisoblanadi. Chunki bunday so‘zlar nafaqat bir shaxsni, balki butun bir ijtimoiy guruhni jamiyatdan ajratishga xizmat qiladi. O‘zbekiston qonunchiligida irqiy, milliy, diniy, jinsiy yoki ijtimoiy belgilar asosida kamsitish – jinoyat deb baholanadi. Ko‘pchilik biror so‘zni aytishdan avval u qanday ta’sir qilishi, odamga qanday ruhiy zarar yetkazishini o‘ylamaydi. O‘zini erkin tutish, “men nima desam ham bo‘ladi” degan noto‘g‘ri tushuncha orqali odamlar atrofdagilarning sha’niga, qadr-qimmatiga tajovuz qilishmoqda. Haqorat bevosita hujumga, shaʼnni yerga urishga qaratilgan boʻladi. Kamsitish esa shaxsning maʼlum bir guruhga mansubligi sababli unga nisbatan adolatsiz munosabatni anglatadi. Ikkalasi ham salbiy oqibatlarga olib keladi va insonlarning ruhiyatiga putur yetkazadi.
Haqoratli va kamsituvchi so‘zlar insoniylikka yot tushunchadir. Bunday iboralar jamiyatni ajratadi, adovatni kuchaytiradi, murosasizlikni oshiradi. Har bir inson o‘z fikrini bildirish huquqiga ega. Lekin bu huquq boshqalarning sha’nini kamsitish yoki ularga tajovuz qilishga asos bo‘lmasligi kerak. Fikr bildirish madaniyati bor, bahs yuritish odobi bor, muloqatda so‘z tanlash mas’uliyati bor. So‘zlarimiz hayotimizni boshqaradi. Og‘zimizdan chiqqan har bir so‘z – bu bizning tarbiyamiz, axloqimiz va ichki madaniyatimizning ko‘zgusidir. Haqoratli va kamsituvchi so‘zlardan voz kechish, ular o‘rniga samimiy, do‘stona, e’tiborli so‘zlar ishlatish insoniy fazilatdir. Har bir inson o‘z muloqot madaniyatini rivojlantirishi, so‘zda ehtiyotkor bo‘lishi jamiyatdagi hurmat, mehr va totuvlikni mustahkamlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi RSEM SLPE bo‘limi mudiri N.Nishanova