Sud qurilish ekspertiza yo‘nalishidagi mavjud uskunalar va ularning afzalliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori 2-ilovasiga muvofiq 2025—2027-yillarda davlat sud-ekspertiza muassasalarining moddiy-texnika ba’zasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlash dasturiga muvofiq Respublika sud-ekspertiza Markazining sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi bo‘limi hamda hududiy bo‘linmalari ekspertlari tomonidan qurilish ob’ektlari bo‘yicha tadqiqotlarni olib borishda bugungi kunda zamon talablariga javob beradigan asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich ta’minlanib kelinmoqda. Ushbu asbob-uskunalar yordamida binolarning texnik holatini o‘rganish tadqiqotlar o‘tkazishning muddatini sezilarli darajada qisqartirish, texnik holati bo‘yicha aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish kabi bir qator afzalliklarni o‘z ichiga oladi.

Markazning sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi bo‘limida hozirgi kunda quyidagi asbob-uskunalar mavjud, jumladan:

Skte mBOSCH – GLM 250 VF rusumli lazerli masofa o‘lchagich – bu bir qator muhim xususiyatlarga yega bo‘lgan yuqori aniqlikdagi va universal o‘lchash moslamasi. Suvga chidamli bo‘lgan bu qurilma 250 m.gacha bo‘lgan masofalarni 0,1 sm aniqlikda o‘lchash imkonini beradi.

 

 

 

Skte mProceq GPR Live – yerga kiruvchi radar noyob uzluksiz to‘lqin chastotali qadam texnologiyasidan foydalanadi. Endi 0,2 dan 4,0 gigagertsgacha bo‘lgan bir qator antennalardan foydalanish o‘rniga, faqat bitta qurilma bilan o‘lchovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Ya’ni, bitta ish chastotasi o‘rniga (barcha georadar modellari uchun) siz antennani o‘zgartirmasdan barcha chastotalarda monitoringni amalga oshirishingiz mumkin.

 

 

 

 

Skte mA1220 MONOLITH (MONOLIT) ултразвуковой низкочастотный дефектоскоп – beton buyumlarning qalinligini o‘lchash, bir tomonlama kirish imkoniyatiga ega temir-beton, tosh va shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan mahsulotlar va konstruktsiyalar ichidagi begona qo‘shimchalar, bo‘shliqlar va yoriqlarni qidirish, dag‘al donali materiallarning ichki tuzilishini o‘rganishga mo‘ljallangan uskuna;

 

 

Skte mELEKTRON TAXEOMETR SOKKIA CX-105L – O‘rnatilgan masofa o‘lchagich yuqori aniqlikda 500 metrgacha bo‘lgan masofalarda reflektorsiz ishlash imkonini beradi.

 

 

 

Skte mПульсар 1-1 – Beton konstruksiyalardagi bo‘shliqlar, nuqsonlar va yoriqlarni aniqlash hamda beton konstruksiyalarda paydo bo‘ladigan yoriqlarning chuqurligini ultratovush to‘lqinlari yordamida aniqlovchi apparat.

 

 

 

Skte mМолоток Шмидта (склерометр) МШ-225. Beton va boshqa qurilish materiallarining mustahkamligini o’lchash uchun mo’ljallangan qurilma. Ushbu qurilmadan  foydalanish yuqori o’lchov aniqligini ta’minlaydi va qisqa vaqt ichida ko‘p sonli o‘lchashlarni amalga oshirish imkonini beradi.

 

 

 

Skte mИПА-МГ4, ИПА-МГ4.01 – Beton himoya qatlamini aniqlovchi qurilma. Ushbu qurilma temir-beton konstruksiyalarning bo‘ylama o‘q armaturalarini aniqlash, mazkur armaturalarning diametri hamda himoya qatlamining qalinligini aniqlash uchun mo‘ljallangan.

 

 

 

Skte m«TNQurilish» – dasturiy majmuasi joriy narxlarda qurilish narxini aniqlashga mo‘ljallangan. Dasturiy ta’minot to‘plamining myoriy-huquqiy bazasi O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qurilishnormalari va qoidalarining to‘liq ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.

 

Skte m“ABC-4” – tizimi investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilari: loyihalash, pudratchi tashkilotlar va qurilish buyurtmachilari tomonidan smeta va resurs hujjatlarini ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan.

 

Bino-inshootlarning texnik holatini aniqlashdan maqsad qurilish konstruksiyalarining yoki umuman bino-inshootlarning shikastlanish darajasi va texnik holati toifasini miqdoriy baholanayotgan belgilarning haqiqiy qiymatlarini loyiha yoki normativ hujjatlarda belgilangan huddi shu belgilarning qiymatlari bilan solishtirish asosida aniqlash hisoblanadi. Bino-inshootlarning texnik holatini aniqlash vizual (dastlabki) va instrumental (batafsil) bosqichlar asnosida amalga oshiriladi.

Instrumental o‘rganishlar qurilish konstruksiyalarining texnik holatini aniqlashda yakuniy ma’lumotlarni to‘plash, asbob-uskunalar yordamida konstruksiyalarning mustahkamlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, bino-inshootlarni rekonstruksiya qilishda konstruktiv yechimlarni tanlash kabi vazifalarni bajarishni taqozo etadi.

Shunga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan asbob-uskunalardan bino-inshootlarning texnik holatini aniqlashda instrumental o‘rganishlarni olib borish uchun foydalanilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, bino-inshootlar konstruksiyalarining mehanik va mustahkamlik ko‘rsatkichlarini buzmasdan ekspluatatsiya sharoitida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish va xulosa qilish uchun hizmat qiladi.

Sud qurilish texnik ekspertizasi bo‘limi mudiri E. Kayumov