Hozirgi rivojlangan davrda insonlar hayotini avtotransport vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. Yurtimizda fuqarolar tomonidan turli rusumdagi mahalliy va xorijiy avtatransport vositalaridan foydalanib kelinmoqda.
Avtotransport vositalarining aksariyatidan foydalanishda insonlar nisbatan arzonroq hamda ekologik toza yoqilg‘i turi bo‘lgan siqilgan SPG (metan) hamda suyultirilgan neft gazi SNG (propan) gazi kabi yoqilg‘i turlaridan foydalanib kelinmoqda.
Mazkur yoqilg‘i turlaridan foydalanish davomida belgilangan me’yorlar va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmasligi yoki e’tiborsizlik sababli avtotranport vositalarining gaz balonlarida sodir bo‘lgan portlash yoki yong‘in holatlar uchirab turibdi, afsuski bunday holatlar natijasida insonlarning jarohatlanishiga, ko‘p holatlarda o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Yuqoridagi kabi nohush holatlarni oldini olish uchun xaydovchilar belgilangan qoida va talablarga rioya etishlari talab etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrda tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 326-sonli qarori tasdiqlangan bo‘lib, mazkur reglamentda inson hayoti va sog‘lig‘i, yuridik, jismoniy shaxslar va davlatning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanish nazarda tutilgan.
Reglament talablariga muvofiq metalldan ishlangan siqilgan tabiiy gaz uchun mo‘ljallangan (SPG) gaz balonlarning ishlatish muddati – 15 yil yoki 15000 marotaba gaz quyish, suyultirilgan neft gaz (SNG)ga mo‘ljallangan metall gaz balonlarning muddati 15 yildan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Gaz balonlarning foydalanish muddati 15 yil yoki 15000 marotaba gaz quyish deb belgilangan bo‘lsa-da, ammo, uni saqlash va ishlatish sharoitidan kelib chiqib, bu muddat kamroq bo‘lishi mumkin. Sababi har safar avtomobil gaz baloni gaz bilan to‘ldirganda, balon bosimdan ko‘zga ko‘rinmas holda shishadi va avtomobilning dvigateli ishlashi jarayonida gaz baloni joyiga qaytadi, shu tariqa yillar davomida balonga gaz quyishda shishib, so‘ng o‘rniga qaytib davriylik sikli o‘tib boradi.
Agarda, ushbu balonda zavod tomonidan deffekti bo‘lgan taqdirda yoki uni ishlatish jarayonida balonga zarar yetkazish oqibatida unda mikroyoriq paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning bosimga chidamligi tushib ketadi va portlashga olib keladi (norma 20mPa bo‘lsa, deffekt hisobiga chidamliligi 5-10mPa bo‘lib qolishi mumkin). Odatda, ushbu holatlar gaz balonlar yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazilishi jarayonida aniqlanadi. Shu bois gaz balonlarni belgilangan muddatlarda sinovdan o‘tkazish talab etiladi.
O‘rnatilgan qoidalarga asosan, siqilgan tabiiy metan gazi SPG uchun maksimal ishchi bosimi 20 MPa, suyultirilgan neft propan gazi SNG uchun maksimal ishchi bosim 1,6 MPa belgilangan. Avtotransport vositasiga o‘rnatilgan gaz balonlarni to‘ldirishda gaz balondagi bosim o‘rnatilgan bosim me’yoridan oshib ketmasligini nazorat qilish zarur, bosimning me’yordan ortishi gaz balonining ishdan chiqishiga, mikroyoriqlarning paydo bo‘lishiga, natijada portlashga olib kelishi mumkin.
Texnik talablarga ko‘ra, avtotransport vositalariga o‘rnatilgan barcha balonlar belgilangan talablarga muvofiq siqilgan tabiiy gaz balonlar (metan) – 3 yilda 1 marta hamda suyultirilgan gaz balonlari (propan) – 2 yilda 1 marotaba yuqori bosim ostida sinovdan o‘tkazilishi kerak.
Yuqoridagilardan tashqari har bir haydovchi o‘zi va yaqinlari xavfsizligi uchun quyidagilarga amal qilishi tavsiya etiladi.
Hozirgi yoz mavsumida gaz bilan to‘ldirilgan, umuman gaz balon o‘rnatilgan avtotransport vositalarini imkon qadar quyosh tushmaydigan salqin joylarga qo‘yish masadga muvofiq bo‘ladi, sababi fizika fanidan bizga ma’lumki termodinamikaning birinchi qonuni “Tizimga uzatilgan issiqlik tizimning ichki energiyasini o‘zgarishiga va tashqi kuchlarga qarshi bajargan ishga sarflanadi”. Ya’ni, gaz bilan to‘ldirilgan gaz baloniga quyosh nuridan tushayotgan issiqlik ta’sir etishi natijasida gaz balon ichidagi gazning energiyasi oshishiga va xattoki gaz balonning portlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Gaz to‘ldirish shaxobchalariga kirganda yo‘lovchilarni belgilangan joyda tushirish, gaz quyish vaqtida avtotransport vositasining barcha elektr tizimi o‘chirilishini ta’minlash, gaz quyib bo‘lgandan so‘ng, gaz quyish shlangi uzilganligiga ishonch xosil qilib, avtotrasport vositasida harakatlanish kerak, sababi gaz moslamasidagi yoki shlangdagi nosozlik sababli sizib chiqan gaz avtotransportdagi elektr uchqunlari bilan ta’sirlashish natijasida yong‘inga yoki portlashga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek propan gaz SNG bilan ta’minlangan avtotranport vositalari gaz to‘ldirish shaxobchalariga kelganda, propan gazini tashishga mo‘ljallangan (avtosisterna) maxsus avtotranport vositalarida gaz quyish shaxobchasi sig‘imlariga gaz to‘kish vaqtida shaxobchaga kirmasliklari kerak, (belgilangan talablarga muvofiq suyultirilgan gazni sisternalarga to‘kish vaqtida shaxobchada bogona shaxslarning yoki avtotranpor vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi) sababi, suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida nosozlik yoki extiyotsizlik sababli sizib chiqqan gaz shaxobchada harakatlangan avtotranport vositalaridan chiqadigan elektr uchqunlar bilan ta’sirlashish natidasida yong‘in yoki portlash xodisasiga sabab bo‘lishi mumkin.
Xaydovchilarda yuqoridagi belgilangan talablarga va tavsiyalarga amal qilish orqali o‘zlari, yaqinlari va boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashlari so‘rab qolinadi.
X.Sulaymonova nomidagi RSEM Farg‘ona viloyat bo‘limi eksperti B.B.Zaynabidinov