Joriy yilning 5-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Buxoro viloyati bo‘limi mudiri F.Ochilov tomonidan Buxoro viloyati prokuraturasi tergovchilari, IJQK departamenti tergovchilari, viloyat IIB tergovchilari hamda viloyat sudi sudyalari uchun “Sud iqtisodiy ekspertizasida hal etiladigan masalalar”, “Ekspertiza tayinlashda “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Sud-iqtisodiy ekspertizasining imkoniyatlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ekspertizalar tayinlashda “E-ekspertiza” axborot tizimining afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.