Joriy yilning 11-fevral kuni TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti talabalariga sud ekspertrizasi imkoniyatlari va ularni o‘tkazish tartibi mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda Markazining Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi bo‘limi mudiri D.Ataniyazov, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti D.Qo‘ldoshova, Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti B.Axmedovlar tomonidan mavzu bo‘yicha ma’ruzalar o‘qilib, tushuntirishlar berildi.
Mashg‘ulotlar yakunida talabalarning ekspertiza faoliyati yuzasidan bergan savollarga to‘liq tushuntirishlar berildi.