Xalqaro vebinar bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 7-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va Malayziya fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Kimyo departamenti hamkorligida ilmiy va ekspertlik faoliyatni takomillashtirish, shuningdek, mutaxassislarning bilim va amaliyotini oshirish maqsadida “Kimyo departamenti narkotiklar bo‘limi faoliyati” va “Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasining imkoniyatlari” mavzularida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.

Vebinarda Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi, shunindek Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirok etib, mavzu bo`yicha ikki tomonlama ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda Kuala-Lumpurda bo’lib o’tgan rasmiy muzokaralar yakunida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim o’rtasida imzolangan qo’shma bayonot davlatlar o’rtasida kelgusidagi hamkorlik aloqalarni mustahkamlash uchun katta qadam ekanligi ta’kidlandi.

Imzolangan hujjatlar mahsulotlarni standartlashtirishga, oliy ta’lim, sog’liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga, shu bilan birga sud-ekspertiza faoliyati va korrupsiyaga qarshi kurashda o’zaro hamkorlik qilishga qaratilganligi quvonarli xolatligi vebinarning ishtirokchilari tomonidan ta’kidlandi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida vebinar davomida ikki davlat ekspertlarining malaka oshirish masalasi hamda mavzu bo‘yicha qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.