Joriy yilning 7-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ekspertlari H.Sultonov va U.Rustamovalar tomonidan To‘rtko‘l tumani IIB xodimlariga “Sud-lingvistika ekspertizasi o‘tkazish tartibi”, “Ekspertiza tayinlashda “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari” mavzularida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Sud-lingvistika ekspertizasining imkoniyatlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ekspertizalar tayinlashda “E-ekspertiza” axborot tizimining afzalliklari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.