X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertiza markazi direktori Xalilov Akram Utamurodovich tomonidan joriy yilning 19-fevral kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida sud-ekspertiza sohasi bilan bog‘liq masalalarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushdi.
Qabul jarayonida murojaatlar o’rganilib, ayrimlari joyida hal etildi va boshqa murojaatlar alohida nazoratga olinib, tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, A.Xalilov tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud tergov organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.