O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 18-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi katta eksperti A.Toreniyazova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari uchun “Sud kompleks iqtisodiy ekspertizasi tayinlashda qo‘yiladigan savollar va “E-ekspertiza” elektron tizimi orqali qaror tayinlash bo‘yicha tushunchalar” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda Sud kompleks iqtisodiy ekspertizasi, mazkur ekspertizada hal etiladigan masalalar hamda ekspertiza tayinlashda “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.