Bugungi kunga kelib elektr energiyasi insoniyat hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Elektr energiyasi bu yongʼin va elektr havfsizlik qoidalariga rioya etilgan holda to’gʼri foydalanilsa insoniyatning foydasi uchun xizmat qiladi aks holda yongʼinlarni kelib chiqishiga va insoniyat uchun katta miqdordagi moddiy zarar yetkazishi mumkin. Elektr tarmoqlarida turli xil avariya holatlari kuzatilishi mumkin. Bulardan eng havflisi elektr oʼtkazgichlarining bir-biriga qisqa tutashuvi hisoblanadi. Qisqa tutushuvning asosiy yuzaga kelish sabablariga quydagilar kiradi;
-elektr oʼtkazgichlarining koʼndalang kesim yuzalari va himoya uskunalarining to’gʼri tanlanmasligi,
-tarmoqda yuklamaning ortishi,
-tarmoqda yuqori o’tuvchi qarshilikning yuzaga kelishi,
-uzoq vaqt mobaynida foydalanishi oqibatida eskirishi,
-tarmoqda kuchlanishning meʼyoridan oshib yoki kamayib ketishi kabilar hisoblanadi.
Elektr energiyasidan foydalanishda ushbu holatlardan qaysidir biri yuzaga kelganida elektr oʼtkazgichlarining tashqi izolyatsiyasi qizib erishiga yoki avariyaviy holat oqibatida faza bilan nol, yoki fazalar aro qisqa tutashuvlar sodir bo’lishiga olib kelishi mumkin. Elektr tarmoqlarida qisqa tutashuv vaqtida zanjirda tok kuchayishiga va elektr simlarning izolyatsiyasi qattiq qizib yonib ketishi yoki xar xil kutbli elektr simlarining tutashgan kismida elektr portlash vujudga keladi. Ushbu elektr tarmog’ida vujudga kelgan portlash vaqtida qizigan metall parchalalari ajralib chikadi va ajralib chikkan metall parchalari o’zlarida 1400-4000 °C darajada issiqlik energiyasi bilan, yaʼni potentsial yondirish manbai xosil kilib, ular yonuvchi mahsulotlar bilan taʼsirlashganda, ularni yondirishiga va yonginni keltirib chiqarishda yetarli darajada yongin manbai sifatida xizmat qiladi.
Elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish uchun quydagilarga etibor qaratish zarur.
-elektr montaj ishlarini sifatli bajarish va sifatli elektr oʼtkazgichlardan foydalanish. Masalan АVVG, АVVGng, VVG, VVGng tipli kabellardan fodalanish tavsiya etiladi. Sababi ushbu kabellar GOST va PUE talablari asosida ishlab chiqariladi, nisbatan yongʼinga havfsiz kabellar hisoblanadi. Shuningdek tan narxi arzon boʼlgan АPUNP, PUNP tipdagi kabellar elektr montajida foydalanish tavsiya qilinmaydi. Sababi ushbu kabellar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan texnik shart asosida ishlab chiqaradi yaʼni GOST va PUE talablariga javob bermaydi. Ushbu tipdagi kabellar vaqtinchalik yoki qisqa muddatlarda foydalanish maxsadida ishlatilishi mukin.
-elektr himoya vositalarining elektr oʼtkazgichlarining koʼndalang kesim yuzasidan kelib chiqib tugʼri tanlanishi lozim. Elektr oʼtkazgichlarining koʼndalang kesim yuzalari esa istemolchining quvvatidan kelib chiqib tanlanadi.
-mis va Аlyuminiy elektr oʼtkazgichlarining to’gʼridan to’gʼri bir-biriga ulash qatʼian man etiladi. Bunda maxsus ulagichlardan foydalanish zarur. Shuningdek bir xil turdagi oʼtkazgichlarni bir-biriga ulashda maxsus uskunalar orqali mustahkamlash orqali amalga oshirilishi zarur. Bunda paykalash, gilzalash, siqish usullaridan foydolanish tavsiya etiladi.
-tarmoqda kuchlanishning meʼyoridan oshib yoki kamayib ketishi bu oʼtkazgichlarning tashqi izolyatsiyasining teshilishiga va qurilmalarning ishdan chiqishiga olib keladigan avariyaviy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Buning oldini olish uchun stablizatorlar va kuchlanish relelaridan foydalanish zarur bo’ladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, elektr energiyasi bilan bogʼliq boʼlgan yongʼinlarni oldini olish uchun sifatli elektr oʼtkazgich va uskunalardan foydalanish, elektr tarmoqlarinini muntazam tekshiruvdan oʼtkazib boorish, elektr va yong’in havfsizlik qoidalariga rioya qilish zarur bo’ladi.
X.Sulaymonova nomidagi RSEM
Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’limi eksperti M.D.Genjemuratov