Joriy yilning 21-fevral kuni Markazning navbatdagi Ilmiy Kengash majlisi o’tkazildi, unda Markazning hududiy bo’limlari video-konferens-aloqa formatida ishtirok etdi.
lmiy kengashda Markaz direktori A.Xalilov so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hay’ati majlisida belgilangan vazifalar to‘g‘risida alohida to’xtalib o’tdi.
Markaz direktori o’rinbosari U.Uzakovning Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan 2024-yi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar haqidagi hisoboti tinglandi.
Shuningdek, kun tartibida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinib, bu sohadagi kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Ilmiy kengashda sud ekspertlik sohasi, norma ijodkorligi va huquqiy targ’ibot, sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlik, sifat menejmenti va kadrlar faoliyati sohalarida amalga oshirilgan ishlar birma-bir tahlil qilinib, Markaz oldiga qo’yilgan vazifalar belgilab olindi.