X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori A. Xalilov tomonidan Surxondaryo viloyati Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 19-fevral kuni Surxondaryo viloyatida Markaz direktori A. Xalilov tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun sud ekspertiza imkoniyatlari va istiqbollari to‘g‘risida seminar-vebinar o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda Markaz direktori A. Xalilov mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sud ekspertiza yo‘nalishi bo‘yicha yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, hamkorlikdagi masalalar, «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi haqida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.