Joriy yilning 19-fevral kuni Markaz direktori A.Xalilov Markazning Surxondaryo viloyati bo‘limiga xizmat safarini bo‘limning yangi qurilayotgan binosi bilan tanishishdan boshladi.
Xususan, xizmat safari davomida Markazining viloyat boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yangi qurilayotgan binoning imkoniyatlari hamda yaratilishi rejalashtirilayotgan qulayliklar bilan yaqindan tanishildi.
Markaz direktori qurilayotgan yangi bino nafaqat sud ekspertlariga, balki jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatiga yaqindan yordam berishga koʻmaklashishi lozimligini taʼkidladi.