Har bir individ shaxs bo‘lib shakllanishda eng avvalo muloqot vositasi sifatida tilni o‘rganadi. Hozirgi zamon milliy til asosini me’yor va qoidalari hamma uchun majburiy bo‘lgan adabiy til tashkil etadi.
Turli shaxslarning o‘zaro faoliyat ehtiyojlaridan yoki kutilmagan hollardagi to‘qnashuvlari natijasida kelib chiqadigan kommunikativ aloqa qilish jarayonida so‘zlashuv, ya’ni o‘zaro fikr almashinuv holati yuz beradi.Shaxslarning o‘zaro munosabatida insonlar o‘rtasidagi aloqalar va ularning bir-birlariga bo‘lgan hurmat, ahamiyat va mo‘tadil munosabatlari belgilari namoyon bo‘ladi.
Bugungi kundagi barcha jarayonlarning jadal rivojlanib borishi shaxslarning o‘zaro so‘zlashuv olib borishi tartibiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Dastlab xat, yozishma yoki shunchaki oddiy og‘zaki so‘zlashuv jarayonida shaxslar o‘zaro fikr alamashinuvlarida o‘ta emotsional, ziddiyatli vaziyatlardagina shaxslar bir-biriga nisbatan o‘zaro kamsitilishi mumkin bo‘lgan yoki haqoratlovchi nutq birliklari ifodalanish holatlari qayd etilgan.
Shaxsning sha’ni, qadri va qimmatini kamsitish — bu insonning huquqlarini, qadr-qimmatini, va ichki ma’naviy olamini xo‘rlamoq yoki qadrsizlamoqdir. Bu, odatda, odamni kamida ushbu shaxsning qadr-qimmatini shubha ostiga olish yoki uni haqorat qilish orqali amalga oshiriladi. Shaxsni kamsitish, ularni yoki uning fikrlarini qadrlamaslik va har qanday yomon xulq bilan uning insoniy qadr-qimmatini tushirish bilan bog‘liqdir.
Shaxsni kamsitish, ya’ni shaxsning bevosita shaxsiyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan shaxsiy, salbiy, baholovchi fikrlarni bayon ettirilish orqali amalga oshiriladi.
Shaxsni kamsitishing turli shakllari bo‘lishi mumkin:
- Shaxs xatti-harakati va amallarini arzimasligi va ahamiyatsizligini ta’riflash.
- Shaxsga nisbatan bepisandlikni ochiq ifodalanishi, uning qiziqishlarini inkor qilish, masxaralash.
- Biror insonning qiziqishlari, fikrlari yoki mehnatini ahamiyatsiz deb hisoblash.
- Shaxs qadr-qimmatini, shaxsiyatini yoki turmush tarziga nisbatan pastlashtiruvchi munosabatni ifodalash kabilar orqali namoyon bo‘ladi.
Shaxsga nisbatan ifodalangan kamsitish holatining ta’sirida, shaxs nafaqat unga o‘zini qadrsiz his qilish yoki e’tiborga olish tuyg‘usini keltirishi, balki uning ijtimoiy va ruhiy holatini buzishi mumkin. Bu holat shaxsning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga, ijtimoiy holatni qadrsizlanishiga, tushkunlik holatlariga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, kamsitish holati shaxsning ijtimoiy va biron bir mashg‘ulot, faoliyat bilan band bo‘lish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda shaxsning shaxsiy rivojlanishi, ishda muvaffaqiyatga erishishi va ijtimoiy hayotida oladigan ijobiy va oldinga intilish, o‘sish kabi imkoniyatlari cheklanadi.
Shaxsni kamsitishning aniq shakllari va ularning ta’sirlari jarayonida shaxsni haqoratlash va uni ma’nan ta’qib masalasi tushuniladi.
Shaxsni haqorat qilish — uning shaxsiy qadr-qimmatini kamsitish orqali tahqirlovchi holatdir. Bu, odatda, o‘z fikri va xulq-atvoriga munosabat bildirganda, shaxsga nisbatan yomon so‘zlar aytib xo‘rlash orqali amalga oshiriladi.
Shaxsning insoniy qadr-qimmatini inkor qilish, uning ifodalayotgan so‘zlari, hayoti yoki bajargan ishini to‘g‘ri tushunmaslik, uning majburiyatlarini inkor qilish, shaxsning oilasi yoki kasbiy faoliyatiga nisbatan ayblar qo‘yishdir. Misol uchun, insonning shaxsiy hayotiga hujum qilish, uning oilasi yoki shaxsiy munosabatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri muhokamaga qo‘yish va shu xatti-harakat amalga oshirilish.
Mazkur xatti-harakatlarning amalga oshirilishi qonunchilik normalari orqali tartibga solingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga asosan, “Haqorat qilish”ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solish bilan ogohlantiriladi. Mazkur holatning takrorlanishi esa O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 140-moddasiga asosan, “Haqorat qilish”ga nisbatan haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari, nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish holati aniqlansa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilangan.
Bugungi kunda ilm-fan sohasida keng ko‘lamli islohotlar jarayonlarida fan, texnika, internet texnologiyalar tezlikda kundan kun o‘zgarib, ko‘lami kengayib borayotgan davrda shaxslarning o‘zaro munosabatlari o‘zaro sha’ni, qadri va qimmatini saqlagan holda, inson huquqlarini buzmasdan, uning qadr-qimmatini qadrsizlanish holatlariga yo‘l qo‘ymasdan shaxsiyatiga tegmaydigan xatti-harakatlar yordamida olib borilishi jamiyatda insonlarning xulq-atvorini, odamlarning ijtimoiy hayoti o‘zaro hurmat va qadrlash bilan muomala qilishlari zaruratini belgilab beradi. Inson o‘z tafakkuri va aqliy salohiyati bilan boshqa tirik jonivorlardan farqlangani kabi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, insonlaring sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X. Sulaymonova nomidagi RSEM SLPE bo‘limi mudiri N.Nishanova