O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Yong‘in texnik ekspertizasi labarotoriyasi, Respublikamizda sodir bo‘layotgan yong‘inlar yuzasidan ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda muhim o‘rinni egallab kelmoqda desak mubolag‘i bo‘lmaydi.
Bugungi kunda sud ekspertizasi tadqiqotlarini innovatsiya ishlanmalari va zamonaviy yuqori sezgirli kiriminalistik uskunalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ma’lumki, innovatsiya – ma’lum bir faoliyat sohasida mavjud xolatdan ko‘ra optimalroq natijaga erishish maqsadida butunlay yangidan yaratilgan yoki modifikatsiyalangan metodlarning yig‘indisidir. Dunyoda biznes, iqtisodiyot, ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanib borayotgani sir emas. Shunday ekan, bugun sivilizatsiya taraqqiyotining cho‘qqiga chiqqan bir davrida yashar ekanmiz, bugungi kunda faoliyatimiz davomida ekspertiza tadqiqotlarini olib borishda xam zamondan ortda qolmagan xolda yangi metodlar va zamonaviy uskunalarda tadqiqotlar olib borilishi talab etiladi.
Ushbu laboratoriyada yong‘innig boshlangan joyi, olovning tarqalish yo‘llari, yong‘in boshlangan vaqti va uning kelib chiqish sabablari, hamda ularni vujudga keltirib chiqaruvchi ommillarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazilib kelinadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, yong‘in texnik ekspertizasi tadqiqotlariga ehtiyoj hozirgi kunda, har qachongidan ham ortib bormoqda.
Yong‘inlarning paydo bo‘lishi birinchi navbatda insonlarning harakatlari yoki harakatsizliklari oqibatida kelib chiqadi.
Yongʻin — bir zumda shiddat bilan roʻy beradigan va tez tarqaladigan yonish jarayoni, bo‘lib inson hayoti va moddiy boyliklari uchun xavf soladi. Yongʻinga, asosan, olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, elektr va gaz asboblaridan hamda ishlab chiqarish jihozlaridan foydalanishning qoida va meʼyorlarini buzish, moddalar (materiallar) ning oʻz oʻzidan alangalanishi sabab boʻladi.
Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasining ob’ektlari: binolar va qurilmalarning kuygan holatdagi yonadigan va qiyin yonadigan qismlari, buyumlarning yong‘indan keyin qolgan qoldiqlari, elektr asbob-uskunalari, elektr simlari, har-xil texnik qurilmalar, texnologik jihozlar, isitish asboblari, yonuvchi va yengil alangalanuvchi suyuqliklarning izlari bor bo‘lgan yong‘in qoldiqlari, jihozlarning yong‘indan keyingi qoldiqlari, alanga olishga, o‘zidan-o‘zi yonishga moyil moddalar va materiallar, o‘t oldirish moslamalari yoki ularning qoldiklari, ya’ni yong‘inga aloqador bo‘lgan narsalar hamda sharoitlar (holatlar) xizmat kilishi mumkin.
Yong‘in sabablari uch guruxga bo‘lib o‘rganiladi:
Birinchi gurux ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqadigan yong‘inlar, ya’ni olov bilan beparvo munosabatda bo‘lish, elektr yoki gaz manbasida ishlaydigan uskuna va moslamalardan foydalanishda o‘rnatilgan talab va qoidalarga amal qilmaslik, nosoz moslama, uskunalardan foydalanish, Yong‘in hafsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ko‘plab yong‘inlar sodir bo‘ladi.
Ikkinchi guruh, kuchli tabiat xodisalari ta’sirida, ya’ni momoqadiroq, kuchli shamol oqibatida kelib chiqadigan yong‘inlar, quyosh nurlarining to‘planishi va boshqa omillar.
Uchinchi guruh, turli xil sabablarga ko‘ra qasddan o‘t qo‘yish.
Ushbu guruh shuni ko‘rsatadi aksaryat hollarda jinoyat ob’ekti fuqarolarning turar-joylari, binolari, do‘kon, ishlab chiqarish korxonalari, transport vositalarini yoqib yuborish xolatlari. Bunday xodisalar, mulkdorlar tomonidan turar joy binolari hovlilarida va qo‘riqlanmagan joylarda bezorilik yoki egalaridan o‘ch olish maqsadida sodir etiladi.
Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasini o‘tkazish jarayonida, ko‘pincha ekspert tomonidan, xodisa joyini o‘rganish, xodisa joyini tadqiqot qilishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, yongan va portlagan bino-inshoatlarni ko‘zdan kechirishda, bino-inshoatning qurilish konstruksiyalari draz ketishi, qulab tushishi yoki osilib qolishi xolatlari kuzatildadi. Bunday xolatlarda binoning ichiga kirib, voqea joyini ko‘zdan kechirish, kechiktirib bo‘lmaydigan ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish ekspertning xayoti va sog‘ligi uchun xavf tug‘diradi. Ammo, xozirgi zamon ilm-fan texnologiyaning rivojlanganligi bunday xolatlarda, bino ichiga kirmay turib, xodisa joyini, yong‘in o‘chog‘ini, portlash joyi, epitsentrini fotosuratlarga, videotasvirlarga olish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi.
Jumladan, “Uchuvchisiz uchish apparati va video kuzatuv moslamalaridan foydalangan xolda favqulodda vaziyatlarda ekspertlar xavfsizligini ta’minlash, voqea joyini ko‘zdan kechirish, onlayn usulda aerofoto-video tasvirga olish ekspertiza tadqiqotlari amaliyotiga qo‘llash ilk bor qo‘llanib kelmoqda. Bugunga qadar asosan, uchuvchisiz uchish apparatlari faqatgina xarbiy soxalarda qo‘llanilib kelgan.
Shuningdek, portlash va yong‘in kabi xodisalar yuz bergan joyda, ekspertlar xodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida “teplovizor” moslamasidan foydalanishi muxim axamiyatga ega. Jumladan, teplovizor orqali issiqlikni o‘ziga qabul qiladigan konstruksiyalardagi xaroratni aniqlash orqali juda muxim axborotni qo‘lga kiritish mumkin.
Teplovizor – bu kunning istalgan vaqtida atrofdagi ob’ektlarning issiqlik (infraqizil) nurlanishini ko‘rish, sirtning istalgan nuqtasida haroratni 0,1 ° C va undan yuqori aniqlik bilan o‘lchash imkonini beruvchi o‘lchash moslamasi. Teplovizorning asosiy maqsadi tirik va jonsiz tabiat ob’ektlarining haroratini kontaktsiz o‘lchash, asbob-uskunalar va elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlashdir. Termal tasvir kameralari harorat farqlari asosida aniq termal tasvirlarni yaratadi va oddiy ko‘rinishdagi kameralarning murakkab algoritmlari bu tasvirlardan harorat qiymatlarini o‘qiydi. Eng issiq joylar qizil, sariq va to‘q sariq rangga, eng sovuq joylar esa ko‘k va qora rangga bo‘yalganligini ko‘rsatadi.
Ushbu moslama orqali portlash va yong‘in sodir bo‘lgan joylarda ularning markazini, epitsentrini aniqlashda konstruksiyalardagi xaroratni o‘rganish orqali juda katta axamiyat kasb etadi. Shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan avariya xolatlar natijasida tarmoqdagi qiziyotgan joylarini o‘rganib, nosozlik joyini aniqlash mumkin.
Yong‘in texnik ekspertiza labaratoriyasida ashyoviy dalilar tadqiqotlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
Ashyoviy dalillar avval vizual ya’ni ko‘z bilan ko‘rish orqali amalga oshiriladigan taqiqotlar. So‘ng mikrosopik usul orqali ashyoviy dalillardagi ko‘z ilg‘amaydigan nuqsonlar, deffektlar, alomatlar 50-1000 barobargacha kattalashtirilib tadqiqotlar o‘tkaziladi. Agarda, mikroskopik tadqiqotda yakuniy xulosaga kelishga imkon bo‘lmasa, “Empyrean” rusumli (PANalytical Netherlands) Rentgen difraktometrida olib boriladi.
Ushbu uskuna ekspertiza tadqiqotlarida keng imkoniyatlar yaratadi ya’ni taqdim etilgan elektr o‘tkazgichlarda vujudga kelgan qisqa tutashuv hodisasini yong‘in vaqtida yoki yong‘indan avval sodir bo‘lganini aniqlash imkoniyatlarini beradi.
Ekspertiza xulosalarini tuzishda mikroskopik tadiqiqotlarni o‘tkazish xam aloxida muxim axamiyatga ega. Xodisa joyidan topilgan ashyoviy dalillarni vizual tadqiqot jarayonida ko‘z ilg‘amaydigan alomatlar, belgilar uchrab turadi. Ayniqsa, yong‘in joyidan topilgan ya’ni termik ta’sirga uchragan ashyolarning tadqiqotida mikroskopik tadqiqotlar aniq xulosaga kelishga imkon yaratadi. Jumladan, ob’ektlarni «Axiotech» Caurl Zess» rusumli metallografik mikroskop yordamida 50-x, 100-x, 1000 marotabagacha kattalikda tadqiqot qilish, undagi alomatlar, belgilarni o‘rganish imkoniyatini beradi. Mikroskopik tadqiqot o‘tkazish jarayonida, ob’ektlarda aniqlangan belgilarni, alomatlarni fotosuratlarga olish va ularni taxlil qilish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, sud ekspertiza va kriminalistika soxasida Rentgen uskunalaridan foydalanish muxim axamiyatga ega. Rentgen tadqiqotlarning asosiy afzalliklaridan biri, ob’ektning butunligicha tadqiqot qilish, ya’ni butunligini saqlab qolishdir.
Bino, inshoot, uy, transport, qurilma va xakozo elektr tarmoqlariga elektr energiyasini uzatish, uni tarmoqlantirish o‘tkazgichlar orqali amalga oshirishi sir emas. Ularning normal ish xolatda ishlashi uchun, o‘tkazgichlarning sifatiga va ekspluatatsiya qilinishiga bog‘liq bo‘lib, xar ikki xolatning biri noto‘g‘ri bo‘lganda, tarmoqdagi energiyaning portlashi, yonishi kabi avariya xolatlarga olib kelishi mumkin. Aksariyat xolatlarda elektr tarmog‘idagi avariya xolatlar qisqa tutashuv xodisasi bilan kechadi. Rentgen tadqiqotlarini kriminalistika ekspertizalari tadqiqotlarida qo‘llash bilan bir qatorda, yong‘in texnikaviy, elektrotexnikaviy ob’ektlarni tadqiqot qilishda qo‘llash mumkin. Yong‘in sodir bo‘lgan joydan olingan elektr o‘tkazgichlarida qisqa tutashuv alomatlarini va ularning yong‘indan oldin yoki yong‘in vaqtida sodir bo‘lganligini aniqlashda, Empyrean” rusumli (PANalytical Netherlands) Rentgen uskunasidan foydalanish juda qisqa va yuqori aniqlikda natijalar olishga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. Bu orqali, yong‘inni kelib chiqishiga o‘tkazgichdagi qisqa tutashuvni aloqasi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko‘rsatilgan zamonaviy, yuqori sezgirli, yuqori aniqliklarga ega kriminalistik uskunalarda o‘tkazilgan ekspertiza tadqiqotlari asosida tuzilgan xulosalar, odil sud va qonun ustivorligini ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shadi.
Respublika sud ekspertizasi markazi, YoTE laboratoriyasi mudiri, 3-darajali adliya maslaxatchisi Rustemov Yakubjan Kiyamovich
Respublika sud ekspertizasi markazi, YoTE laboratoriyasi eksperti M.R.Odilova