Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i

Sud soliq ekspertizasi oldiga quyiladigan savollar bo‘yicha hal etadigan tadqiqotlarda sud-soliq ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan soliqlar doirasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasida belgilangan soliq turlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkaziladi, shulardan biri jismoniy shaxslarning daromad solig‘i yuzasidan budjet bilan hisob-kitoblarning sud-soliq ekspertizasi hisoblanadi.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i – Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilanganidek soliq solinadigan daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchilari hisoblanadi. Bu fuqarolarning o‘zlarining yillik daromadlariga nisbatan davlat tomonidan olingan soliq. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi, jumladan, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i, muhim iqtisodiy mexanizmlardan biridir. Bu soliqni to‘lash orqali fuqarolar davlat budjetiga hissa qo‘shadilar, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy dasturlar, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchilari

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lovchilari asosan fuqarolar bo‘lib, ular o‘zlarining daromadlarini, shu jumladan ish haqi, bonuslar, ijaraga berilgan mulkdan olinadigan daromadlar, shuningdek, boshqa manbalardan olingan daromadlarni deklaratsiya qilishadi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi 364-moddasiga asosan, daromad solig‘i to‘lovchilari bir necha turga bo‘linadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar;
  • O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.

Soliqni hisoblash tartibi

Soliq stavkalari yillik daromadga nisbatan belgilanadi va shaxslarning soliq majburiyatlarini aniqlashda asosiy omil bo‘ladi.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini hisoblashda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

  • Jami daromadlar tarkibi Soliq kodeksining 370-moddasida keltirilgan va ular quyidagilar

– Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar

– Mulkiy daromadlar

– Moddiy naf tarzidagi daromadlar

– Boshqa daromadlar

  • Soliqni hisoblash: Daromad solig‘i stavkasi shu daromadga qarab belgilangan stavka bo‘yicha hisoblanadi. Misol uchun, agar jismoniy shaxsning yillik daromadi 15 million so‘m bo‘lsa, soliq stavkasi 12% bo‘lishi mumkin, demak, soliq miqdori 15 000 000 * 0.12 = 1 800 000 so‘m bo‘ladi.
  • Soliqni to‘lash: Belgilangan soliq miqdori, belgilangan muddatlar ichida davlatga to‘lanadi.

Soliq kodeksining tegishli moddalariga asosan jismoniy shaxslarga imtiyozlar, Soliqdan ozod etish shu bilan birgalikda soliqlarni kamaytirish qo‘llanilishi mumkin.

Daromad solig‘ining budjetiga to‘lanishi

To‘lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga daromadlarni to‘lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to‘lanadi.

Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida to‘lanadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i davlat budjetiga tushadi. Ushbu mablag‘lar davlatning turli sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Soliqdan tushgan mablag‘lar ijtimoiy xizmatlar, ta’lim, tibbiyot, infratuzilma, va boshqa davlat dasturlarini amalga oshirish uchun sarflanadi. Bu jarayon orqali fuqarolar jamiyatning taraqqiyotiga hissa qo‘shadilar.

Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar

– mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;

– ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;

– moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;

– O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;

– soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;

– jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;

– soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.

Jismoniy shaxslar har yili soliq deklaratsiyasini taqdim etishlari kerak. Bu deklaratsiyada ular o‘zlarining yillik daromadlarini, to‘langan soliq miqdorini va boshqa soliq majburiyatlarini ko‘rsatadilar. Soliq deklaratsiyasini o‘z vaqtida topshirish jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini to‘g‘ri va qonuniy ravishda bajarishlari uchun zarurdir.

Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. U davlat budjetiga mablag‘ tushishini kafolatlaydi, shu bilan birga, fuqarolarning o‘zlarining ijtimoiy va iqtisodiy holatiga qarab soliqni adolatli va teng taqsimlashga xizmat qiladi. Shuningdek, soliqni to‘lash orqali fuqarolar davlatning ijtimoiy xizmatlarini, infratuzilmasini
va boshqa dasturlarni rivojlantirishga hissa qo‘shadilar.

Markazning Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti
bosh ilmiy xodimi R. Muxamadjonov