Sirdaryo viloyati IIBda seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 26-fevral kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sirdaryo viloyati bo‘limi tomonidan Sirdaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi tizim xodimlari uchun “X.Sulaymonova nomidagi RSEM Sirdaryo viloyati bo‘limining bugungi kundagi imkoniyatlari”, “Sud avtotexnika ekspertizalarini o‘tkazishda zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” mavzularida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Xususan tadbirda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sirdaryo viloyati bo‘limining imkoniyatlari, shuningdek, ekspertizalarini o‘tkazishda zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.