Joriy yilning 25-fevral kuni Jamoat xavfsizligi institutining “Milliy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash (yurisprudensiya)” yo‘nalishi talabalariga “Sud-ekspertiza imkoniyatlari va ularni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini olish, saqlash hamda taqdim qilish tartibi” va “Sun’iy intellekt orqali sodir etilayotgan jinoyatlar” mavzularida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Markazining Sud-kompyuter texnikaviy ekspertizasi bo‘limi mudiri D.Ataniyazov tomonidan mavzular bo‘yicha ma’ruza o‘qildi.
Mashg‘ulot yakunida talabalarning ekspertiza faoliyati yuzasidan savollariga to‘liq tushuntirishlar berildi.