Sport — sogʻlom hayot garovi!

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi vakili qishki sport festivali g‘olibligini qo‘lga kiritdi!

Joriy yilning 21-23-fevral kunlari vazirlik, idora va tashkilotlarning sport targ‘ibotchilari o‘rtasida “Chimgan Challenge 2025” qishki sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Sport festivali Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilib, unda sportning qishki ekstremal sport turlari bo‘yicha tog‘ festivali hamda sport targ‘ibotchilari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Xususan, Markazning sport targ‘ibotchisi Elyor Kayumov mazkur sport festivalida faol ishtirok etib, sportning mini-futbol bellashuvida faxrli birinchi o‘rinni egalladi hamda diplom va qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Markaz jamoasi E.Kayumovni erishgan yutuqlari bilan tabriklaydi hamda kelgusida sportni rivojlantirish va jamoa o‘rtasidagi targ‘ibot ishlarida omadlar tilab qoladi.