Jizzax viloyat sudida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 27-28-fevral kunlari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Jizzax viloyati bo‘limi ekspertlari B.Zulfiqorov va A.Boboyorovlar tomonidan Jizzax viloyati sudi Fuqarolik va Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati bilan hamkorlikda sudyalar uchun “Sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishda zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari” hamda “Ekspertiza tayinlashda “E-ekspertiza” elektron axborot tizimidan foydalanishning afzallik tomonlari” mavzularida o‘quv-seminari tashkil etildi.