Joriy yilning 3-mart kuni Turkiy davlatlar tashkilotining sud ekspertlik sohasidagi ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishchi guruhning kelgusidagi maqsad va vazifalari, hamkorlikning zamonaviy usullari, sud ekspertiza sohasida hamkorlikni amalga oshirishning tartiblari muhokama qilindi.
Shuningdek, kelgusida Turkiy davlatlar sud ekspertiza markazlari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish choralari muhokama etilib, sud ekspertlik sohasini rivojlantirish masalalari kelishib olindi.