Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi xodimlari xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etishdi.

Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahrida “Kimyoviy analiz uchun “Agilent Technologies“ mahsulotlari – xromatografiya va spektroskopiya sohasida jahon yetakchisi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan Gaz xromatografi, Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya va ISP-MC uskunalarining imkoniyatlari haqida qiziqarli va dolzarb ma’ruzalar o‘qildi.

Mazkur tadbirda Markazning Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri R.Axmedova va bosh ekspert N.Koroblyovalar ishtirok etib, ish faoliyatida qo‘llash uchun muhim ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdi.