O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilishning asosiy vositasidir. Konstitutsiyamiz Respublikamizda qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishiga xizmat qilib, hech kimga qaram bo‘lmasdan, tinch, erkin va farovon istiqomat qilishning huquqiy kafolati bo‘lib kelmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirib kelinayotgan islohotlarning tub mohiyati bevosita Konstitutsiyamiz asosida amalga oshirib kelinmoqda. Bu esa, haqiqatan ham xalqimiz manfaatlariga, davlatimizning strategik maqsadlariga to‘la javob beradigan, har tomonlama puxta ishlangan muhim siyosiy hujjat ekanigining yana bir isbotidir.
Konstitutsiyamizda, uning ma’no-mazmuni va prinsiplarida birinchi o‘rinda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, insonning huquq, erkinliklari va qadriyatlari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilganini alohida ta’kidlashimiz lozim.
Xulosa o‘rnida Konstitutsiyamiz mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz hamda davlatimizning asosiy qonuni sifatida amalga oshirilayotgan tub islohotlar va bunyodkorlik ishlarining mustahkam normasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Sulaymonova nomidagi Respublika
sud ekspertiza markazining
bosh yuriskonsulti
B. Maxsadov