Muloqotdagi haqoratlar – insoniylikning eng past namoyondalaridan biridir. Bu, biror shaxs yoki guruhni kamsitish, hurmatsizlik ko‘rsatish, yoki ularning obro‘siga putur yetkazishdir. Haqoratning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: og‘zaki tahqir, yozma hujum, ijtimoiy tarmoqlarda kamsitish.
Bunday holat turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Misol uchun, “Sen ahmoqsan”, “Sen itsan”, “Sen cho‘chqa eding” yoki boshqa hayvonlarga o‘xshatish hamda jinsiy xususiyatlarga asoslangan haqorat, kamsitish, tahqirlashlar
Muloqotdagi haqoratlar psixologik salomatlikga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, depressiya, tashvish, o‘zini kamsitish bularning barchasi haqoratning oqibatlari bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, haqorat jamiyatdagi ijtimoiy muhitni zaharlaydi, o‘zaro hurmat va tushunishni yo‘qotadi. Agar siz muloqotda haqoratlarga duch kelsangiz, quyidagi narsalarni qilishingiz mumkin:
Chegarangizni Belgilang: Haqorat qiluvchiga qarshi qat’iy munosabatda bo‘ling, ularning harakatlarini qabul qilmasligingizni aniq ayting.
Ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyot bo‘ling: Ijtimoiy tarmoqlarda boshqalarga nisbatan hurmatli bo‘ling, haqoratli fikrlarni tarqatmang.
Qonuniy choralar ko‘ring: Agar haqorat jiddiy bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘rishdan tortinmang.
Haqoratga qarshi kurashda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz mumkin. Hurmat, tushunish, bosiqlik, keng fikrlilik bu haqoratga qarshi eng kuchli qurollardir.
X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi
sud-lingvistika eksperti U.Rustamova