Joriy yilning 5-sentabr kuni Milliy matbuot markazida “Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar va galdagi vazifalar” mavzusida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
✅Matbuot anjumanida Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
✅Tadbir davomida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori o‘rinbosari U.Uzakov tomonidan Markaz faoliyati, amalga oshirilgan islohotlar, yangi joriy etilgan ekspertiza turlari, Markaz hududiy bo’limlarining faoliyati haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berildi.
✅Markaz ekspertlari tomonidan OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.