Metropoliten qurilish tarixi

Qurilish sohasi keng qamrovli soha boʻlib, ushbu soha oddiy uy-joy qurilishidan tortib maxsus obyektlarning qurilishlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Bunga misol tariqasida yer osti va yer usti metro qurilishini aytishimiz mumkin.

Zamonaviy dunyoda avtomobil sanoati keskin rivojlangan bir paytda avtomobil yoʻllaridagi tirbandliklar ham toboro ortib bormoqda bu holat esa yer osti va yer usti metrosidan foydalanish extiyojini yana oshiradi.

Poyezd, avtomobil, paroxod – bularning paydo boʻlishi haqida koʻpchiligimiz bilamiz. Ammo metro-chi? Metro haqida siz qanday maʼlumotga egasiz? U qachon va qayerda kashf qilingan, kim ixtiro etgan? Qanday qurilgan?

Xuddi bugʻ mashinalari kabi metro ixtirochisi ham oʻsha koʻhna Angliyalik Charlz Pirson boʻlib, 1846-yilda oʻzining ushbu fikrini ilgari suradi. U avvaliga shoshilmadi. Hammasini puxta oʻylab, ishni maromiga yetkazdi – chizilishi kerak boʻlgan arxitektura chizmalarini oqqa tushirib, toʻgʻri temir yoʻllar boʻyicha qirollik komissiyasiga yoʻl oldi. U paytlarda hali na avtobus, na avtomobil bor edi.

Shunday qilib, Pirsonning loyihasi komissiyada muvaffaqiyat qozonadi va oradan 14 yil oʻtib – 1860-yilda Londonda metro qurilishi boshlandi. Oʻshanda mashhur “Euston Square” uchun birinchi tunnel kavlangandi. Qazish ishlarini olib borgan qurilish kompaniyasining nomi esa “Metropoliten” edi. Endi oʻzingiz ham payqaganingdek  “metro” soʻzi paydo boʻladi Shunday qilib dunyodagi birinchi metroning ochilishi 1863-yilda roʻy berdi.

Liniyada 7 ta bekat bor edi, uzunligi esa bor-yoʻgʻi 3,5 km.ni tashkil qilgan. Shu yoʻl 33 daqiqada bosib oʻtilardi. Vagonlarni yoritish gazda amalga oshirilardi. Bitta poyezddagi vagonlar soni esa 4 ta boʻlib, ularni lokomotiv tortardi, natijada metro yoʻli bugʻ va tutunga toʻlardi. Faqat 1890-yilga kelibgina metroga elektr qoʻllanildi, unda ilk bor mamlakat shahzodasi sayr qildi. Darhaqiqat, tutunsiz va oldingisiga nisbatan ancha past ovozli metroda insonlar oʻzini ancha yaxshi his qilgan.

Deyarli har kuni qurilish ishlari davom etishi sababli London metrosi yil sayin takomillashib bordi. Ilk halqa yoʻli 1868-yildayoq paydo boʻlgandi, 1908-yilda esa Albert Stenli yoʻlovchilarga yana bir qulaylik qilish usulini topdi: metroda yoʻnalish sxemalarini chizib, ularni stansiyalarga osib qoʻyishni taklif qildi.

Bugungi kunda dunyoning 56 mamlakatida metropoletenlar barpo etilgan boʻlib, faxr bilan aytishimiz kerakki mazkur mamlakatlar orasida bizning Toshkent shahrimiz xam bor.

Toshkent metropoliteni qurilishi 1972-yilda boshlangan, birinchi liniyasining 9 bekatdan iborat boʻlib, uning uzunligi 11,4 km tashkil etgan (“Sobir Rahimov”, “Chilonzor”, “Mirzo Ulugʼbek”, “Hamza”, “Yoshlik”, “Xalklar doʻstligi”, “Paxtakor”, “Mustakillik maydoni”, “Markaziy xiyobon” bekatlari)

1977-yilning 6-noyabrda “Hamid Olimjon”, “Pushkin”, “Buyuk ipak yoʼli” bekatlari ishga tushirilgan va ushbu yoʻnalishning uzunligi 4,1 km.ni tashkil etgan. Va nihoyat 1980-yil 18-avgust kuni Toshkent metropoliteni foydalanishga topshirilgan.

Toshkent metropolitenining umumiy uz. 4,8 km boʻlgan ikkinchi liniyasining birinchi navbati (“Alisher Navoiy”, “Uzbekistan”, “Kosmonavtlar”, “Oybek”, “Toshkent” bekatlari) 1984-y. noyab.da, ikkinchi navbati (“Mashinasozlar”, “Chkalov” bekatlari, uz. 3,3 km) 1987-y. noyab.da ishga tushdi. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989-y. noyabrda (“Gʻafur Gʻulom”, “Chorsu” bekatlari, uz. 2,4 km), toʻrtinchi navbati (“Tinchlik” va “Beruniy” bekatlari, uz. 3,8 km) 1991-y. 30-aprelda ishga tushdi. Bu liniyaning umumiy uz. qariyb 14,3 km ga yetdi.

Toshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bogʻlaydigan (umumiy uz. 14 km) uchinchi liniyasining birinchi navbati (“Mingoʻrik”, “Yunus Rajabiy”, “Abdulla Qodiriy”, “Minor”, “Bodomzor”, “Habib Abdullayev” bekatlari) 2001-y. 26-oktyabrda ishga tushdi.

Toshkent metropolitenida qatnaydigan poyezdlarning oʻrtacha tezligi
39 km/soat, maksimal tezligi 65 km/soat. Toshkent metropolitenida sugkasiga oʻrtacha 270—300 ming yoʻlovchi tashiladi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun baʼzi bekatlarda eskalatorlar oʻrnatilgan. Metrodagi “Chilonzor”, “Hamza” bekatlari gumbazsimon, “Mustaqillik maydoni” yigʻmamonolit konstruksiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy meʼmorlik hamda haykaltaroshlik nuktai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks etdiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy sanʼatning milliy anʼanalari oʻz aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, Oʻzbekistonda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yogʻoch, oyna, turli xil metalldan foydalanilgan.

Toshkent metropoliteni 9 balli zilzilaga bardosh beradi. Toshkent metropolitenining umumiy uz. 38,25 km, bekatlar soni 29 ta (2004). Metro qurilishi va navbatdagi yoʻl hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.

Toshkent Metropoliteni bugungi kunda Oʻrta Osiyodagi yagona metropoliten hisoblanadi.

 

SQTE bo‘limi yetakchi eksperti
J.Dusmatov

Skip to content