Tovarshunoslik bilimlarni qoʻllash sohasida sud-tergov organlarning oʻsib borayotgan muhtoji tufayli, oziq-ovqatlarni kompleks ravishda tadqiq qilish va ularni baholashga yondashish hamda obyektning isteʼmollik (tovar) hususiyatlarini va fazilatlarini aniqlash maqsadida uni holatini oʻrganishni, shuningdek tovar obyektlari saqlangan, ularning hususiyatlari atrof muhit bilan oʻzaro aloqada boʻlishi tufayli oʻzgarishiga olib kelgan aniq sharoitlarni tadqiq qilishni nazarda tutadilar.
Tovarshunoslik ekspertizasi masalasini yechishning asosiy sharti bu – obyektning maqsadiga muvofiq maʼlum ehtiyojni qondirish uchun yaroqliligini shart qiladigan hususiyat va fazilatlarning majmuini tadqiq qilishdir.
Oziq-ovqat mahsulotlarni tadqiq qilish va baholash boʻyicha sud-tovarshunoslik ekspertizasining vazifalari va savollari.
Yechilayotgan masalalarga muvofiq, sud tovarshunos-ekspert vakolatiga uning tovarshunoslik sohasidagi maxsus bilimlari predmetiga kiruvchi quyidagi masalalarni yechish kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarini kompleks tadqiq qilish va baholash boʻyicha sud-tovarshunoslik ekspertiza doirasida masalalar ikki guruhga ajraladilar:
1) Klassifikatsion:
– oziq-ovqat mahsulotlarini texnik shartlar talablariga, tasdiqlangan namunalarga, shartnomalarga va boshqa tovarni hamroh qiluvchi hujjatlarga mos kelishi (mos kelmasligi)ni aniqlash;
– tovarlarni tur va toifaga tegishliligini, isteʼmollik hususiyatlarini, narxini, markirovkalar mavjudligini aniqlash;
– tovar sifatining taʼriflarini namuna sifatida taqdim etilgan tovarlarning oʻxshash koʻrsatkichlariga mosliligini aniqlash.
2) Diagnostik:
– tovarlarning sifatli oʻzgarishini sabablarini va nuqsonlarni paydo boʻlishi xarakterini aniqlash (foydalanish, tashish paytida, yoki tovarlarni buzilishi jarayonida);
– tovarlarni shikastlanishi, nuqsonlari, meʼyoriy hujjatlarga mos kelmasligini hisobga olgan holda narxini aniqlash;
– yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash.
Koʻrilayotgan ish tafsilotlariga qarab, ekspert-tovarshunoslar yechimiga quyidagi savollar qoʻyilishi mumkin:
– Tovarning nomi, maqsadi va guruhi?
– Tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarlardagi nuqsonlar buzilish, notoʻgʻri tashish, yoki saqlash qoidalariga rioya qilinmaganlik tufayli paydo boʻlganmi?
– Tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarning, ularning jismoniy holati (yangilarni, yoki shikastlanish va buzilish, texnika shartlarga va markirovkaga mos kelmasligini inobatga olgan holda) ekspertizani oʻtkazish sanasiga boʻlgan holatini inobatga olingan oʻrtacha bozor narxi?
– Tadqiqot uchun taqdim etilgan tovarning, ularning jismoniy holati (yangilarni, yoki shikastlanish va buzilish, texnika shartlarga va markirovkaga mos kelmasligini inobatga olgan holda) holatini inobatga olib oʻtgan vaqtning maʼlum bir davrdagi oʻrtacha bozor narxi?
– shikastlanish yoki buzilish oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori?
Ekspertlik amaliyoti, tovarlarni baholash uchun qoʻllanilgan uslublarni asosliligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan sud-tovarshunoslik ekspertizalarni oʻtkazish boʻyicha tergov, sud va surishtiruv organlarining murojaatlarini oʻsishini koʻrsatadi. Ushbu masalani amaldagi qonunchilikka asosan yechish sud ekspertlarning vakolatiga kiradi.
Ekspert-tovarshunos vakolatiga kirmaydigan, kompleks ravishda yechiladigan masalalar.
Ekspertlar yechimi uchun ekspertiza tadqiqotiga taqdim etilgan tovarlarni isteʼmol qilish uchun ularning yaroqliligini va sifatini aniqlash bilan bogʻliq masalalar qoʻyilishi mumkin. Mazkur masalalar tovarshunos-ekspert tomonidan yechilishi mumkin emas, chunki ularni yechimi uchun kompleks tadqiqoti zarur (kimyoviy, biologik, va hk.).
Oʻz vakolati doirasida tovarshunos-ekspert, mazkur masalalar boʻyicha mutaxassislarning maʼlumotnomalari va xulosalarini inobatga olib klassifikatsiya va diagnostik masalalarni yechishi mumkin .
Shuningdek tovarshunos-ekspert vakolatiga tovarning TIFTN boʻyicha kodini aniqlash ham kirmaydi, chunki Tashqi Iqtisodiy Faoliyatning Tovar Nomenklaturasi (TIFTN) bu – bojxona va TIF vakillari tomonidan qoʻllanish uchun yaratilgan tovarlar klassifikatori hisoblanadi. TIFTN Butunjahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Yevropa va baʼzi bir boshqa mamlakatlarda tovar klassifikatsiyasi uchun asos sifatida qabul qilingan Moslashtirilgan Tizimning eng toʻliq variantidir. Klassifikator mazmuni shundaki, har bir tovarga yoki tovarlar guruhiga shaxsiy yagona kod beriladi va bojxona boji belgilanadi. Ushbu klassifikator tovarlarni bir xil maʼnoli identifikatsiyalashni, bojxona bojlarini undirish va bojxona deklaratsiyalarga avtomatlashtirilgan ishlov berishni osonlashtirishni taʼminlash uchun qoʻllaniladi. Tovarning TIFTN boʻyicha kodini aniqlashda tovarshunos-ekspert faqatgina uning nomini va maqsadini aniqlashi mumkin.
Tovarlarning sifati isteʼmolchilar afzalliklarini yaratishga va raqobatbardoshlikni shakllantirishga jiddiy taʼsir qiladigan muhim olmillardan biri hisoblanadi. Oziq-ovqatlar sifati deb, mahsulotning organoleptik hususiyatlarini, organizmni oziq-ovqat moddalariga muhtojligini, uni sogʻliq uchun xavfsizligini, ishlab chiqarish va saqlashda ishonchliligini taʼminlash qobiliyatini aks ettiruvchi hususiyatlarning majmui tushuniladi. Oziq-ovqat tovarlarning foydaliligini va insonni oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish qobiliyatini belgilaydigan asosiy hususiyatlari bu – uning ozuqaviy qiymati, jismoniy va mazaviy hususiyatlari va uning saqlanuvchanligidir.
Jismoniy hususiyatlar tovarlarning sifatini va narxini baholashda, saqlash sharoitlarini va muddatlarini aniqlashda hisobga olinadi.
Jismoniy hususiyatlarga tovarning shakli, kattaligi, ogʻirligi, rangi, tiniqligi, zichligi, mustahkamligi, qayishqoqligi (yopishqoqlik) va boshqalar kiradi.
Oziq-ovqatlarning mazaviy hususiyatlari taʼm va hid hissiyotlaridan tashkil topadi. Taʼmning toʻrtta turi mavjud: shirin (shakar), shoʻr (tuz), nordon (sirka), achchik (glikozidlar, alkaloidlar). Taʼm bu- hid bilish organlari bilan qabul qilinadigan hissiyotlardir.
Saqlanuvchanlik- standart, yoki boshqa meʼyoriy hujjat bilan belgilangan tovarning maʼlum vaqt davomida oʻzini isteʼmollik hususiyatlarini saqlash qobiliyati (belgilangan shartlarga rioya qilingan holda). Saqlanuvchanligi boʻyicha oziq-ovqat tovarlar tez buziladigan (goʻsht, baliq, sut, va boshqalar) hamda uzoq saqlash uchun yaroqli (un, yormalar, shakar, bankali konservalar va boshqalar) tovarlarga ajraladi.
Oziq-ovqat tovarlarni baholash jarayoni va yondashishlari.
Oziq-ovqat tovarlarini baholashda shuningdek tovarshunoslik fanida mavjud boʻlgan tovarlarni tadqiq qilish va ularni narxini belgilash uslublari va yondashishlari qoʻllaniladi.
Mahsulotni identifikatsiyalash, mahsulot tavsifnomalarini uning asosiy belgilariga (assortiment, sifat, miqdor, va boshqalar) mosligini hamda ularni tovarning obyektiv isteʼmollik narxiga boʻlgan taʼsirini aniqlash – ekspertizaning eng muhim boskichidir.
Identifikatsiyalash, aniq bir mahsulotga va/yoki uning markirovkada, hamroh hujjatida, yetkazib berish shartnomalarda, standartlarda va boshqalarda koʻrsatilgan tasnifiga mosligini tasdiqlash uchun yetarli boʻlgan belgilar, koʻrsatkichlar va talablar boʻyicha oʻtkaziladi.
Xozirgi kunda, yuqorida aytib oʻtilgan baholash standartlariga asosan, tovar-moddiy zaxiralarni, shu jumladan oziq-ovqat tovarlarni, baholash yondashuvlar mavjud. Baholashning qiyosiy yondashuvi va Harajatli yondashuv.
Baholash jarayoni oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- Baholanayotgan obyektlarni va texnik holatni umumiy koʻrikdan oʻtkazish va taʼriflash, hususiyatlarini aniqlash. Shu bilan birga ekspertizani tayinlagan shaxs, qonunchilikka asosan, tadqiqot obyektini koʻrigini tashkil qilishi va ishtirok etishi, ekspertni obyektlarga kirishni taʼminlashi lozim. Baholash obyektlarini koʻrikdan oʻtkazilishining maqsadi – ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini oʻrganish, taqdim etilgan hamroh hujjatlar va markirovkaga mosligi/mos boʻlmaganligini aniqlash.
- Tadqiqot obyektlarini haqiqiy holati haqida koʻrik natijasida olingan natijalarni oʻrganish;
- Baholash obyektlarni koʻrikdan oʻtkazish marosimi ularni identifikatsiyalash, jismoniy holatini aniqlash, taqdim etilgan birlamchi hujjatlarga mos kelmasligini, hamda birlamchi hujjatlarda koʻrsatilmagan nuqsonlarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi;
- Baholanayotgan tovarlarga oʻxshash tovarlar bozorini va ulardagi narxlarni tadqiq qilish:
Tovarlarni baholashda shuni inobatga olish lozimki, ularning narxlari bozor konyunkturasi, talab va taklifni hisobga olgan holda erkin shakllantirilayotgan narxlardan kelib chikib yaratiladi.
Bozor narxi bu – ixtiyoriy haridor va ixtiyoriy sotuvchi oʻrtasida tuzilgan tijorat bitim natijasida baholash kuniga boʻlgan mulkni yoʻldan yoʻlga taxmin qilinayotgan oʻtish uchun toʻlanadigan pul mablagʻlaridir. Bozor narxi baholash tamoyillarining bazasi asosida aniqlanadi, yaʼni talab, taklif, oʻrnini bosish, mos kelishidir. Yaʼni, bozor narxi, bozorda amalda boʻlgan kuchlarning nisbatini hamda ushbu nisbatni oʻzgarishining kutilayotgan tendensiyasini aks ettiradi.
Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza
markazining tovarshunoslik boʻlimining
yetakchi ekspertri, 2-darajali yurist
Sh.Z.Mansurova