Avtotransport vositalaridan xavfsiz foydalanishga doir talablar (Transport vositalarining tormoz tizimlari bo‘yicha)

Butunjaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab yo‘l transport hodisasi oqibatida 1,5 milionga yaqin insonlar holak bo‘ladi hamda 50 milionga yaqin inson turli hildagi tan jarohatini oladi. Shunga ko‘ra, har soatda 170 ta inson yo‘l transport hodisasining qurboni bo‘lmoqda.bu ko‘rsatgich bo‘yicha dunyoda sodir bo‘layotgan qurolli to‘qnashuvlar, qo‘paruvchilik harakatlari, tabiiy ofatlar hamda 2019 yilda kuzatilgan kovit natijasida halok bo‘lganlardan bir necha barobar ko‘pdir. Bu halokatlarning aksariyat qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy amaliy ishlar olib borilmoqda. Ko‘rilayotgan chora tadbirlarga qaramasdan, insonlar o‘limiga sabab bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarining soni hali ham ortib bormoqda. Bu esa avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni tashkil etish tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Transport vositalaridan xavfsiz foydalanishda transport vositasi tormoz tizimining konstruksiyasiga ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan o‘zgartirish kiritish yoki transport vositasining shu turida ko‘zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo‘llanishi mumkin emas. Ko‘p holatlarda eski avtomobillarning tormoz tizimiga  o‘zgartirishlar kiritish yoki g‘ildiraklardan birining tormoz tizimidan uzib qo‘yish (zaglushka) holatlari uchrab turadi. Bu esa, tormoz tizimi samaradorligini kamayishi hamda tormoz yo‘lning uzunlashishiga olib keladi. Harakatga xavf paydo bo‘lganida keskin tormoz berish vaqtida tormoz tizining samaradorligi kamligi oqibatida haydovchining avtomobilni to‘xtatish imkoniyatini kamaytiradi. Shuningdek, muzlama vaqtida avtomobil boshqaruvini yo‘qotishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Transport vositasining tormoz tizimi konstruksiyasiga ishlab chiqargan korxona sinovlardan o‘tkaziladi va eng ishonchlisi tanlanadi. Transport vositasining tormoz tizimi konstruksiyasiga o‘zgartirilishi esa, harakat vaqtida tormoz tizining ishlamay qolishiga yoki samaradorligining tushib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa, turli YTHlarning keltirib chiqarishi mumkin.

Ishchi tormoz tizimining samaradorligi avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentda belgilangan talablardan past bo‘lishi mumkin emas. Agar avtomobil tormoz tizimining samaradorligi reglamentda belgilangan past bo‘lsa, bunda avtomobilning tormoz tizimi nosoz bo‘ladi. Shu sababli, haydovchida xavfni oldini olish imkoniyati kam bo‘ladi. Buning oqibatida oldinda harakatlayotgan transport vositasi sekinlashganida yeki to‘xtaganida, oraliq masofani saqlab kelayotgan haydovchining YTHni oldini olish imkoniyatini kamaytirib yuborishi hamda YTHlarning sodir bo‘lish extimolini oshirib yuboradi.

Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan bo‘lsa yoki suyuqlik oqishi  mumkin emas. Gidravlik tormoz tizmining zichligi buzilganida yoki suyuqlik oqib turgan bo‘lsa, tormoz tizimi ichida bosimning kamayishiga sabab bo‘ladi hamda tormoz qolodkalari yetarli darajada siqilmaydi. Bu esa avtomobilning tormoz yo‘lini ortib ketishga sabab bo‘ladi.

Avtomobil dvigateli ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligini buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda – 30 daqiqada, ulanganida – 15 daqiqada tizimdagi havo bosimini 0,05 MPa dan ko‘pga pasayishiga sabab bo‘lishi yoki g‘ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqishi kuzatilganida avtomobildan foydalanish mumkin emas. Avtomobil dvigateli ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasidagi havo bosimining kamayishi tizimda havo chiqish borligini bildiradi. Ko‘p holatlarda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasi bilan jihozlangan avtomobillarning tormoz tizimidan havoning chiqib yurishi yoki dvigateli ishlamay turganda bosimning tez tushib ketishi kuzatiladi. Bu esa, tizmidan xavo chiqishi mavjud ekanligini bildiradi. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz tizimi bilan jihozlangan transport vositalarida tormoz pedali bosilganida tormoz kameralarini ishchi holatga keltirish uchun sarflangan havo chiqarib yuboriladi. Agar tizimda nosozlik sabab havo chiqishi kuzatiladigan bo‘lsa, haydovchi tormoz tizimini ishlatisha vaqtida  tormoz tizimining samaradorligini tushib ketishiga yoki  tormoz tizimi ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin.

Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa transport vositasidan foydalanish mumkin emas. Agar tormoz yuritmasining manometri ishlamasa, haydovchida tormoz izining havo bosimini nazorat qilish va tizimdagi nosozlikni aniqlash imkoniyatini  bermaydi. Bu esa, havo chiqishi kuzatiladiganida ham haydovchisi uni aniqlay olmaydi.

To‘xtab turish tormoz tizimi transport vositalarini to‘liq jihozlangan holatdagi transport vositalarini — 16 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda, to‘liq jihozlangan holatdagi yengil avtomobillarni va avtobuslarni — 25 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda va to‘liq jihozlangan holatdagi yuk avtomobillarini va avtopoezdlarni — 31 foizdan kam bo‘lmagan qiyalikda ushlab tura olmasa avtomobilning to‘xtab turish tormoz tizimi nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.

Avtomobilining to‘xtab turish tormoz tizimi arqonining cho‘zilishi eskirishi yoki uzilishi oqibatida to‘xtab turish tormoz tizimi nosoz holatga kelib qolishi mumkin. Buning oqibatida haydovchi to‘xtab turish tormoz tizimini ishga tushirganida ham avtomobil o‘zo‘zidan yurib ketishi mumkin.

Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi
eksperti O‘. Muxtorov

Skip to content