Elektrotexnik sabablarga ko‘ra kelib chiqqan yong‘inlarni tekshirish tartibi

Sud elektrotexnikaviy ekspertizasining vazifalari

– istemolchilarning elektr moslamlarning tuzilish qoidalariga (bundan keyin-PUE-Pravila ustroystva elektroustanovok), istemolchilarning elektr qurilmalarini (bundan keyin-PTB-Pravila texniki bezopasnosti pri ekspluatatsii elektroustanovok potrebiteley) ishlatish xavfsizligi qoidalariga, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qoidalariga rioya qilish mosligini tekshirish;

  • binolarning elektr tarmoqlarini va ularning konstruksiyasini tahlil qilish;
  • elektr sim va kabellarni yotqizish usulini o‘rganish;
  • elektr qurilmalaridagi texnologik nosozliklar, avariyalar va favqulodda vaziyatlarning yong‘inlarga aloqadorligini aniqlash;
  • elektr qurilma va jihozlarning sozligi bilan bog‘liq holatlarni tekshirish;
  • avariya sodir bo‘lgan joyda elektr tarmoqlari, uskuna va moslamalari hamda elektr sim va kabellarni o‘rganish;
  • elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvlar va yuqori o‘tuvchi qarshiliklar, yukori kuchlanish ostida bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aniqlash;
  • taqdim etilgan ob’ektlarni ekspert vizual, instrumental va mikroskopik tadqiqot qilish;
  • elektr tarmog‘idagi avariya holatlarni asosiy belgilarini aniqlash – elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv, ortiqcha yuklama, yuqori o‘tuvchi qarshilik, yuqori kuchlanish ostida bo‘lganligini tekshirish;
  • elektr uskunalarni to‘g‘ri o‘rnatilishi, qo‘llaniladigan elektr moslamalarni tuzilish qoidalari (PUE) talablariga muvofiqligini o‘rganish;
  • elektr jihozlarini to‘g‘ri texnik ekspluatatsiya qilish va undan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan yoki rioya etilmaganligini tekshirish;
  • maishiy elektr isitish moslamalari va boshqa elektr jihozlarining avariya holatini tekshirish;
  • elektr tarmoqlarida elektr himoya vositalarining yaroqliligini aniqlash;
  • elektr ta’minot tarmog‘ining ish rejimini, elektr kabellarining ruhsat etilgan oqim yuklamalarini va sim va kabellarni to‘g‘ri tanlanlashni tekshirish;
  • har qanday kuchlanishli elektr bino-inshootlarida ishlarning xavfsizligini va ularga rioya qilinganligi holatlarini o‘rganish, avariya holatlarining mexanizmini tiklash kabi vazifalardir.
  1. Elektr qurilmalaridan yong‘in chiqish sabablari

Elektr qurilmalarining  ekspluatatsiya qilishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘in xavfi elektr tarmog‘ida mashina va apparatlarda yonishi  mumkin bo‘lgan himoya qatlami va yong‘in manbai borligi sababdir.

Elektr qurilmalaridan yong‘in chiqishining asosiy sabablari  bo‘lib:

– Elektr simlarida,  mashina cho‘lg‘amlarida va apparatlarda qisqa tutashuv (QT) hodisasi;

– Elektr o‘tkazgichlarda,  mashinlarda va apparatlarda ortiqcha yuklanish  hodisasi;

– Ulash (kontakt) joylarida katta o‘tish qarshiligi, uchqun va elektr yoyi hisoblanadi.

Bulardan tashqari, yong‘inga qarshi qoidalarni va tartiblarni buzilishi hisoblanadi.

  1. Elektr qurilmalaridan yong‘in chiqish sabablari

Elektr qurilmalarining  ekspluatatsiya qilishdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘in xavfi elektr tarmog‘ida mashina va apparatlarda yonishi  mumkin bo‘lgan himoya qatlami va yong‘in manbai borligi sababdir.

Elektr qurilmalaridan yong‘in chiqishining asosiy sabablari  bo‘lib:

– Elektr simlarida,  mashina cho‘lg‘amlarida va apparatlarda qisqa tutashuv (QT) hodisasi;

– Elektr o‘tkazgichlarda,  mashinlarda va apparatlarda ortiqcha yuklanish  hodisasi;

– Ulash (kontakt) joylarida katta o‘tish qarshiligi, uchqun va elektr yoyi hisoblanadi.

Bulardan tashqari, yong‘inga qarshi qoidalarni va tartiblarni buzilishi hisoblanadi.

Qisqa tutashuvning-asosiy sabablari

– elektr simlarida, kabel, mashina va apparatlarda ximoya qatlamining buzilishi va eskirishi;

yashinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi;

elektr jihozlariga qarovsizlik;

elektr simlari va apparatlarning ximoya katlamining mexanik jarohatlanishi;

ochik elektr simi tarmoklarida shamol ta’sirida va x.z.

Qisqa tutashuvdan muhofazalanish ikki yo‘nalishda olib borilishi kerak:

– birinchidan qisqa tutashuvga hosil bo‘lishiga yo‘l quymaslik, ya’ni extiyotkorlik;

 – ikkinchidan xavfli toklar ta’sir vaqtini cheklash, ya’ni ximoya apparatlarini (saklagich, avtomat) kullash.

Qisqa tutashuvning oldini olish:

– elektr qurilmalarini to‘g‘ri tanlab xonalarga mos kilib loyixalashtirish;

– loyixaga va me’yoriy xujjatlarga asasan montaj qilish;

– elektr qurilmalarini to‘g‘ri ekspluatatsiya (pasportdagi va birkadagi kursatkichlari asosaida) qilish kiradi.

  1. Elektr qurilmalarida ortiqcha yuklanish.

Yuklanish – deb shunday xodisaga aytiladiki, unda sim va kabellarning elektr tarmog‘ida, mashinalar chulg‘amlarida va apparatlarda ishchi (Iishchi) tok ruxsat etilgan (Iruxs.et.) tokdan uzoq vaqtga kattadir, ya’ni Iishchi > Iruxs.et. Uzoq vaqtli ruxsat etilgan tokning qiymati o‘tkazuvchining kesim yuzasiga va materialiga, yotqizish uslubiga, o‘tkazuvchining konstruksiyasiga va atrof muhitning haroratiga bog‘liq.

Ortiqcha yuklanishning asosiy sabablari: 

– ishchi tokga simlarning kesim yuzasining to‘g‘ri kelmasligi, ya’ni Iishchi > Iruxs.et.;

– sim yuzasini hisobga olmagan xolda ko‘zda tutilmagan tok qabul-qiluvchilarni bir tarmoqqa parallel ulash;

atrof muhitning haroratini ko‘tarilishi;

elektr dvigatellarida kuchlanishning pasayishi yoki yuklamaning ortishi;

elektr moslamalarida zavod kursatkichlaridan tok va kuchlanishning ortib ketishi va x.z.

Ortikcha yuklanishdan muhofazalanish:

-o‘tkazuvchilarni kesim yuzasini qizishga asoslanib to‘g‘ri tanlash ya’ni Iishchi < Iruxs.et.;

-katta quvvatga mo‘ljallangan iste’molchilarni bir tarmokka parallel ulamaslik;

-simlarni, mashina va apparatlarni sovushi uchun kerakli sharoitni yaratish GOST va PUE ga asosan ularning qizishini ruxsat etilgandan ortmasligini ta’minlash;

-ximoya apparatlarini (eruvchi saqlagichlar, avtomat o‘chirgichlar va issiqlik releli magnit ishga tushiruvchilar) qo‘llash va x.z.

  1. Katta o‘tish qarshiligi

Katta o‘tish qarshiligi – deb shunday qarshilikka aytiladiki, unda tok bir simdan ikkinchi simga yoki simni qandaydir apparatga o‘tish joyida (yomon ulanishda) hosil bo‘ladi.

Katta o‘tish qarshiligining kelib chikish sabablari:

  • elektr moslamalarining ulash (kontakt) joylarining mustaxkam bajarilmaganligi;
  • elektr moslamalarining ulash (kontakt) joylarini zang, kurum bosishi;
  • atrof muxit ta’sirila izolyatsiyalanmagan ulash (kontakt) joylarini oksidlanishi;
  • elektr moslamalarining ulash (kontakt) joylaridagi materiallarni bir biriga mos emasligi va x.z.

Katta o‘tish qarshiligidan muhofazalanish:

  • sim va kabellarni mustahkam bog‘lanishini ta’minlash (kavsharlab, payvandlab, presslab). – sim va kabel oxirlarida maxsus qisqichlarni qo‘llash (ayniqsa alyuminiy simlarda);
  • ulash joylarini izolyatsiyalash (izolyatsiya lentasi, buyoklash, moylash va x.z.);
  • ulash (kontakt) joylarini zang, kurumdan doimo tozalash;
  • ulash (kontakt) joylaridagi materiallarni tugri tanlash va x.z.

Qisqa tutashuv

Qisqa tutashuv turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin, ammo buni aniq bilish uchun tajriba talab etiladi. QT quyidagilar tufayli yuzaga kelishi mumkin:

  • elektr simlarini izolyatsiyasini buzilishi;
  • elektr tarmoqlarining shikastlanishi;
  • elektr podstansiyasining ishlashidagi nuqson va xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarning xatolari;
  • qasddan qisqa tutashuv.

Qisqa tutashuv holatida elektr simlarini tekshirish quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi:

  • vizual tekshirish;
  • rentgen nurlarini tahlil qilish;
  • morfologik tadqiqotlar;
  • metallografik tadqiqotlar.

Qisqa tutashuvni birlamchi va ikkilamchi darajaga ajratish mumkin. Agar yong‘in qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, u birlamchi deyiladi. Yonish paytida qisqa tutashuv sodir bo‘lsa hamda simlarning izolyatsiyasining erishi natijasida qisqa tutashuv hosil bo‘lsa u ikkilamchi darajali q.t. deb nomlanadi.

Biroq, elektr zanjirlarining tajribasi nafaqat yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda ham talab qilinadi. Ko‘pincha, qisqa tutashuv sodir bo‘lgandan so‘ng, elektr jihozlari ishlamay qoladi. Bu qurilmaning o‘tkazgichlarida katta oqimdagi elektr toki harakatlanish natijasida, haddan tashqari yuklama paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, buning natijasida esa uskunalar termik qizishga duch keladi yoki oqim qismlari orasidagi katta elektromagnit kuchlarning ta’siri tufayli mexanik shikastlanishlarga olib keladi. Bunday holda, tekshiruv elektr moslamasining buzilishiga qisqa tutashuv bo‘lganligini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Testerni ishlash prinsipi

Avvalo, elektrotexnik ob’ektlarni tekshirishda  Tester (ampermetr, voltmetr va ommetrlar) asbobi alohida o‘rin egallaydi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tester (multimetr) elementlari.

Raqamli multimetr amperametr, voltmetr va ommetrlarini o‘zida mujassam qilgan, o‘lchov qiymatlarini kichik displeyda o‘qishni ko‘rsatadigan, elektr parametrlarini o‘lchash uchun universal qurilmadir.

Raqamli multimetrning o‘lchash mexanizmi bo‘lgan qurilmalardan afzalligi shundaki, qurilmaning strelkasi shkaladagi alohida bo‘linmalar orasida to‘xtasa, qurilmani shkala bo‘yicha o‘qish qayta hisoblanishi kerak. Raqamli o‘lchash asboblari o‘qishlarni displeyda raqam sifatida ko‘rsatish orqali qayta hisoblashga hojat yo‘q.

Bevosita tokni o‘lchash uchun amalga oshiriladigan tutashuv bilan amperametr ketma-ket ulangan bo‘lishi kerak. Agar tokni o‘lchash uchun tuzilgan qurilma tasodifan kuchlanish manbai bilan parallel ravishda yoqilgan bo‘lsa, kuchlanish ortiqcha tokni o‘lchagich orqali oqib o‘tishiga va uni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

Kuchlanishni o‘lchash uchun o‘lchagich kuchlanish manbai bilan parallel ulangan bo‘lishi kerak. Parallel tutashuvning barcha tarmoqlarida kuchlanish bir xil bo‘lgani uchun o‘lchanadigan kuchlanish o‘lchagichda ham bo‘ladi, natijada o‘lchagich kuchlanish darajasini ko‘rsatadi.

 Elektr choynak tekshirish.

Ekspert tadqiqotining dastlabki bosqichi:

  1. Vizual tadqiqot.
    • Elektr choynak vizual ko‘rib chiqiladi.
    • Uning elektr simlarida erigan joylari bo‘lsa, Ob’ekt № 1,2,3 belgilanib ketiladi (zarur holda qirqib olinadi).
    • Ob’ektning ustki qismi etil spirti yoki xloroform yordamida artib tozalanadi.
  • Instrumental tadqiqot
    • Elektr choynak optik yoki metallografik mikroskop ob’ektiv (fokus) ostiga qo‘yilib, uning yordamida tadqiqot qilinadi.
    • Ob’ektlar mikroskop yordamida 50x, 100x, 500x marta kattalashtirilgan holda ko‘rilib, ulardagi o‘zgarishlar, alomatlar aniqlanadi.
  • Tekshiruvlar tahlili

Tekshirish uchun taqdim etilgan

Elektr choynakni haqiqiy quvvatini aniqlash.

Elektr choynakning zavod tomonidan ishlab chiqarilgan quvvati: P=2000 Vt,

Zanjirdagi tok kuchi: I=9 A

Kuchlanishi: U=220 V

Xaqiqiy quvvati: P=I∙U; P=I∙U=220В∙9А=1980 Вт

Misol.

Agar elektr choynak 220 V kuchlanishli tarmoqga ulangan. Cho‘g‘lanma tolaning qarshiligi 40 Om bo‘lsa, elektr choynakdagi tok kuchini aniqlash.

Berilgan:

U=220 V

R=40 Om

I=?

 

Yechimi:

XP1-kirish guruh kontaktlari va qizish element, St2-qizishdan himoya tizimi, St1-yoqish knopkasi (qizish datchigi yoki termoo‘chirgich ham deyiladi).

Quvurli elektr isitkich (TEN-Trubchatыy elektronagrevatel, bundan keyningi o‘rinlarda TEN deb yuritiladi) – bu issiqlik o‘tkazuvchi elektr izolyatori bilan to‘ldirilgan metall quvur shaklidagi elektr isitish moslamasi. Isitish elementining yuzasiga kerakli o‘ziga xos quvvatni o‘tkazish uchun ma’lum bir qarshilikka ega bo‘lgan o‘tkazuvchan tola (odatda nixrom yoki fexral) aynan izolyatorning markazidan o‘tadi.

U ko‘plab maishiy va sanoat elektr jihozlarida qo‘llaniladi: choynaklar, qozonxonalar, kir yuvish mashinalari, suv isitish va isitish qozonlari va boshqalar.

  1. Vizual tekshirish. Elektr choynakni sozligini tekshirish. Birinchi navbatda elektr choynakni qismlarga ajaratamiz. Buning uchun pastki qismdagi plastmass himoya taglikni vintlarni bo‘shatamiz va himoya qopqog‘ini yechamiz.

Quvurli elektr isitkichni chiqishlarini ajratib olamiz.

  1. 2. Tester yordamida uni qarshligini o‘lchash. Tester yordamida uni qarshiligini o‘lchash rejimida tekshiramiz. Agar TEN kuygan bo‘lsa qarshlik nolga teng bo‘lishi kerak. Agar TEN uzligan bo‘lsa, multimetr uzilganligini ko‘rsatadi (cheksiz katta qarshilik qiymati). Agar isiitish elementi soz bo‘lsa, unda boshka joyni qidirish kerak.

 Demak, elektrchoynak boshqa bir sababga ko‘ra yoqilmayapti.

Elektr moslamaning quvvati, kVt 0,5 1,0 1,5 2,0 2,5 3,0
Iste’mol qilinayotgan tok, A 2,3 4,5 6,8 9,1 11,4 13,6
Qarshilik, Om ≈ 95 49 32 24 19 16

TEN soz bo‘lsa uning qarshligi bir necha Om dan yuz Om gacha qiymatni ko‘rsatadi. Hammasi quvvatga bog‘liq, quvvat qancha katta bo‘lsa, qarshilik shuncha kichik bo‘ladi. Quyida iste’mol qilinayotgan quvvatdan, tok kuchi va qarshlik qiymatlari namuna uchun ko‘rsatilgan.

XULOSA

Mazkur maqolada elektr moslama va uskunalaridagi avariya holatlarini tekshirish usullari tadqiq qilingan.

Shuningdek, maqolada quyidagilar ham yoritilib ketildi.

  • Elektrotexnika fani xaqida tushuncha;
  • Elektrotexnika ekspertizasining vazifalari;
  • Elektrotexnika ekspertizasi ob’ektlari;

Elektrodvigatel vizual tekshirish.

Uning statorini erigan joylari, ob’ekt № 1,2,3 belgilandi. Ob’ektning ustki qismi etil spirti va xloroform yordamida artib tozalanadi. Elektrodvigatel erigan joyini optik yoki metallografik  mikroskop ob’ektiv (fokus) ostiga qo‘yilib, yordamida tadqiqot qilindi.  Ob’ektlar mikroskop yordamida 50x, 100x, 500x marta kattalashtirilgan holda ko‘rilib, ulardagi o‘zgarishlar, alomatlar aniqlandi.

Elektr simlar, kabellar, elektr shnurlar, elektr rozetkalar, elektr vilkalar, kombinatsiyalangan elektr qurilmalar, elektr chiroqlari, saqlagichlar, avtomatik o‘chirgichlar, elektr dvigatellar, elektr choynak, elektr isitkichlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, mikroto‘lqinli pechlarni tuzilishi shu asnoda tekshiriladi tekshiriladi.

Murakkab maishiy texnikalar:

– Elektr moslama, uskuna va maishiy texnikalarning soz yoki nosoz xolga kelganligini testr asbobi yordamida tekshiriladi.

YoTEL katta eksperti A.D.Pardaboev

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

  1. Электротехнический справочник. Том 2. «Энергоиздат». 1981г.
  2. Электротехнический справочник. Том 3, книга 2. «Энергоиздат». 1982г.
  3. Я.К.Рустемов. Комплексная методика по исследованию медных и алюминевых проводов микроскопическими методами. РЦСЭ. Ташкент., 2011.
  4. Правила устройства электроустановок. “Узгосэнергонадзор”. Тошкент., 2007.
  5. В.Н. Черкасов. «Пожарная профилактика электроустановок». Москва.1978г.
  6. Г.И. Смелков, А.А. Александров, В.А. Пехотников «Методы определения причастности к   пожарам   аварийных  режимов   в   электротехнических устойствах». Москва. «Стройиздат». 1980г.
  7. Л.С.Митричев, А.И.Колмаков, Б.В.Степанов, Е.Р.Россинская, Э.В.Вратанесьян, С.И.Зернов. Исследование медных и алюминиевых проводников в зонах короткого замыкания и термического воздействия. Москва. ВНИИ МВД СССР, 1986.
  8. Под ред.     А.Н.    Баратова    справочник    «Пожарная     безопасность.Взрывобезопасность». МОСКВА. «Химия» 1987г. 1,2 том.
  9. Физико-химическое определение    следов    короткого    замыкания    на металлических предметах в связи с фактами пожаров. (Методические рекомендации). Горький. 1984г.
Skip to content