IJTIMOIY TARMOQLARDA MEDIA LINGVISTIKA SOHASI

Dozarb mavzularning deyarli barchasi bugungi kunda shaxslar o‘z hayotini tasavvur etishi murakkab bo‘lib qolgan mediamaydondagi axborot va xabarlar oqimini olib kirish, namoyish etish va yetkazishni amalga oshirib kelayotgan mediamaydon ko‘lamidir.

Ijtimoiy tarmoq maydoni tushunchasi aslida lingvistik jihatdan dialektik atama bo‘lsada, u ijtimoiy tarmoq maydonida bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarni bir vaqtning o‘zida ham aks ettiruvchisi hamda uning bevosita ishtirokchisi vazifasida tushuniladi. Shuningdek, mazkur tushuncha bir necha qismlardan iborat bo‘lib undan bir qismi moddiy jihatdan turli geografik hududlar, hukumat, davlat tuzilmalari, iqtisodiyot segmentlaridagi uzatgich, displey, server kabilardan iborat. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqdagi “yoinlar” orqali muloqot, axborot almashinuvining voqelikka taqqoslanilganda – o‘tkinchi, faqat qisqa vaqt ichida mavjud degan fikrni anglatishi bu holatni voqelikdan uzoqligini ifodalashi mumkin.

Medialingvistika bu tilning mediasohadagi faoliyatini, ommaviy axborot kommunikatsion vositalar, audio-vizual va ijtimoiy tarmoq ommaviy axborot vositalari yordamida ifodalanuvchi lingvistikaning yo‘nalishi. Medialingvistika-tilshunoslikda tilning umumiy nazariyasi sifatida farqlanish ( lot.differentia) jarayonlari davomida vujudga keluvchi holatda aniqlansa, psixolingvistika (mazkur atama amerikalik psixolog Dj.R.Kantorga tegishli bo‘lib u birinchi bor 1936 y. bu atamani «Ob’ektivnaya psixologiya grammatiki» kitobida qo‘llagan)[1], sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik-til va uning mavjudligining ijtimoiy sharoitlari o‘rtasidagi munosabatni tadqiq etishga qaratilgan tilshunoslikning bir bo‘limi), ontolingvistika (tilshunoslikning nutq rivojlanishini va bolalar nutqi, ya’ni bolaning nutqiy qobiliyatini, uning individual nutqini rivojlanishini va davriy nutqiy o‘zgarishlarni tadqiq etuvchi tilshunoslik bo‘limi, ko‘pincha psixolingvistikaning asosiy bo‘limlaridan deb ta’riflanadi), yurislingvistika (til va huquqning o‘zaro munosabatini tadqiq etishga yo‘natirilgan fan), siyosiy lingvistika(siyosiy lingvistikaning asosiy maqsadi til, fikr, siyosiy sub’ektlar, til birliklari, fikrlarini hamda jamiyatning siyosiy holati o‘rtasidagi turli xil munosabatlarini o‘rganish ) va boshqalar uning nomlanishini anglatuvchi atama sifatida ko‘riladi.

Medialingvistika sohasi tilshunoslikning umumiy nazariyasiga muvofiqligi, undagi har qanday o‘zgarishlar ham ushbu nazariy qismga uning xususiyatlariga, uning bir vaqtni o‘zida bir-biriga yaqin sohalarni qamrab olishi bilan mos tushadi. Medialingvistika ijtimoiy tarmoqlardagi murakkab sharoit, turli keskin o‘zgaruvchanlik holatlaridan kelib chiquvchi til “til –  bu  butun jamiyatga tegishli  birlik, ushbu birlikni  nutq shaxsiy va intersub’ektiv maqsadda ishlatadi hamda shu yo‘l bilan unga yangicha va o‘ziga xos ko‘rinish beradi. Til –  bu hamma uchun umumiy bo‘lgan sistema, nutq esa bir vaqtning o‘zida ham axborot yetkazuvchi, ham harakat vositasi”[2] faoliyatining til va nutq madaniyatining umumiy yo‘nalishidagi muayyan bir shaklda ifodalanish jarayonini tushuntirishga urinadi. Medialingvistika bevosita zamonaviy ijtimoiy tarmoqdagi jarayonlar bilan bog‘liqligini ularga ta’sirini mediata’lim orqali izohlaydi.

Shu o‘rinda mediamatn ingliz tilidagi (media text) tushunchasiga e’tibor qaratsak, bu so‘z mediata’lim ingliz tilidagi (media education-turli xil og‘zaki, vizual, yeshitish yoki multimedia rejalari media tuzilmalariga va ommaviy axborot vositalarida (davriy nashrlar, radio, televidenie, Internet, mobil va sun’iy yo‘ldosh aloqalari yordamida) kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday media mahsulot) jarayonida, mediasavodxonlik (media matnlarini tushunish, anglash va tahlil qilish va ularni yaratish qobiliyati, mediasavodxonlik raqamli texnologiyalar asrida talab etilayotgan zarur mahoratdir), mediamaliyotda (mediasohada tadbiq etilayotgan, qo‘llanilayotgan va yaratilayotgan imkoniyatlar), mediapsixologiyada(shaxs va jamiyat hayotida yuzaga keladigan, zamonaviy media madaniy kontekstga singib ketgan hissiy, kognitiv, xulq-atvor, neyrofiziologik va ijtimoiy-psixologik hodisalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi), mediaboshqaruv(mediamenejeri-bu medialoyihani ishlab chiqish strategiyasini ishlab chiqadigan va uni amalga oshirib borish braobarida boshqaradigan mutaxassis) va shunga o‘xshash mediasohalarda uchraydi.

Mediamatn zamonaviy ilm-fan tadqiqotlarida ko‘p uchrab kelayotgan atamadir. Jumladan, olim filolgiya fanlari doktori (PhD) G.Shestakova mediamatnni «креолизованный, поликодовый, нелинейный текст; это полиинтенсионалная система, в которой вербалная, визуалная, аудиалная составляющие (начала) априори не могут существоват в отделности. Они всегда образуют неповторимую —ансамблевую целостность[3] kabi ta’rif bergan. Masalаning ahamiyatli jihati shundaki medialingvistika va mediamatn tushunchalari, ularning qo‘llanilish jabhalari kengaymoqda. Ushbu jarayonda ular o‘z faoliyatlariga nafaqat soha mutaxassislarini, balki mashhurligi va o‘ziga ishonchliligi ba’zan rasmiy manbalardan ancha ustun xavoskkorlarni ham jalb etgan. Ayrim hollarda mediamatn shakllantiruvchi va uni qabul qiluvchi o‘quvchilar orasidagi to‘siq shunchalik kamayib ketadiki unda mediakontetntni tayyorlovchi va qabul qiluvchini farqlash deyarli imkoni qolmaydi. Bu holat mazkur sohada yangi atama, yangi tushuncha mediashaxs shakllanishiga olib keladi. Aynan mediashaxslar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab fikr, axborot, lavhalarni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hukmiga havolа etib kelmoqda.

Mazkur taqdim etilayotgan keng ko‘lamli ma’lumotlar oqimi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboriga turli xil mazmundagi, ularga turlicha ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan axborotlarni havola etish orqali ularning har biriga individual tarzda ta’sir o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X.
Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
davlat sud eksperti N.Nishanova

Skip to content