Konferensiya doirasida adliya vaziri A.Toshqulovning Sud ekspertiza xalqaro assosiatsiyasi (IAFS) prezidenti, Bolgariyadagi Gabrovo sud ekspertizasi tashkiloti rahbari, professor Yanko Kolev, Osiyo sud ekspertiza tarmogʻi (AFSN) vitse-prezidenti, Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Kimyo departamenti rahbari Halimah binti Abdul Rahim xonim hamda Turkiya Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Hizir Asliyukseklar bilan ikki tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlar davomida xorijiy hamkorlar tomonidan mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etilib, mazkur sohani yanada rivojlantirishda hamkorlikka tayyorligi maʼlum qilindi.
Mazkur uchrashuvlar davomida Respublika sud ekspertiza markazi sud ekspertlarini xalqaro stajirovkalarini tashkil etish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib borilishini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.
Shuningdek, sohada yangi uslubiyotlarni ishlab chiqish hamda mavjudlarini yangilash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.