Anjuman Adliya vazirligining Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Olmos” konvension markazida bo’lib o’tmoqda.
Onlayn va offlayn formatda tashkil etilayotgan konferensiyada Adliya vazirligi, AQSH elchixonasi, Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasi (International Association of Forensic Sciences), Osiyo sud ekspertiza tarmoqlari (Asian Forensic Sciences Network)dan hamda Bolgariya, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston davlatlaridan mehmonlar va 400 nafardan ortiq ekspertlar, mutaxassislar hamda sud-tergov organlari xodimlari ishtirok etishmoqda.
Anjuman davomida konferensiya ishtirokichilari yurtimizda davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga qo‘shilgan holda “OLMOS” konvension markazida tashkil etilgan “ADOLAT BOG‘I”ga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“ADOLOT BOG‘I”ga Sud ekspertiza xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti (IAFS) doktor Yanko Kolev, Osiyo sud ekspertiza tarmoqlari vitse prezidenti Halimah binti Abdul Rahim xonim, Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot instituti prezidenti Hizir Asliyüksek, Hindiston Milliy sud ekspertizasi universitetining Deli shahridagi kampus direktori professor Purvi Pokhariyal, Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Sud ekspertiza markazi Ekspertlik faoliyati sifat nazorati departamenti boshlig‘i Aygul Seydaxmetova, Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Sud ekspertiza markazi Sifatni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Jabir Ahmetlar tomonidan daraxtlar ekildi.