“Oʼzbekiston akkreditatsiya markazi” DM baholovchilari Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi sinov laboratoriyasida davriy baholash ishlarini olib bormoqdalar.
Ushbu laboratoriyada mutaxassislar “Kanop (tetragidrokannabinol) oilasiga mansub oʼsimliklardan olingan giyohvandlik vositalarini xromatografiya – mass-spektrometrik tahlil yoʼli bilan aniqlash” va “Odam DNK biomateriallaridan (qon, soʼlak) PTsR usulida otalik (onalikni) aniqlash boʼyicha biologik tahlil” koʼrsatkichlari boʼyicha sinovlar olib bormoqdalar.