Ijro intizomi samarali faoliyatning muhim omili.

Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan global dunyoda axborot texnologiyalari kirib bormagan biron soha bo‘lmasa kerak. Davlat boshqaruvi tizimida barcha tuzilmalar va mansabdor shaxslar o‘zaro axborot oqimlari bilan bog‘lanib, yaxlit kommunikatsiya tarmog’ini tashkil qiladi. Hokimiyatning barcha organlari oldida turgan muammolar murakkablashib va ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik tobora kuchayib bormoqda. Bu esa barcha pog‘onalardagi davlat xizmatining samaradorligini oshirishni taqazo etmoqda. Bu vazifaning hal etilishi axborot maydonining holatiga, boshqaruvni axborot bilan ta’minlashga bevosita bog‘liqdir. Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining ta’sirchan tizimini yaratishda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi o‘rnini mustahkamlash, uning ahamiyatini yanada oshirish hamda samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni bilan “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi.

2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan edi. Shu jumladan davlat organlari va tashkilotlarida hujjatlar aylanmasini yaxshilash, ijro intizomini mustahkamlash va uning ustidan elektron nazorat olib borish maqsadida Av.ijro.uz elektron platformasi ishga tushirilgan.

Hujjat aylanmasi o‘zi nima deyilganda biron bir tashkilotda hujjatlarni tuzish yoki olish paytidan boshlab to ijro etish yoki jo‘natishgacha bo‘lgan jarayon tushuniladi. Av.ijro.uz platformasining afzallik tomonlari O‘zbekistonning chekka bir tumanidagi davlat organi yoki tashkilotiga Respublikamiz markazidagi davlat organi yoki tashkilotidan yuboriladigan xat-hujjatlar tezkor va ishonchli yetib borishiga xizmat qiladi. Davlat organi yoki tashkilotining ichki hujjatlar aylanmasida esa ijro intizomining mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Unda kelib tushgan xat-hujjatning sanasi, yuborgan tashkilot, xat-hujjatning chiqish raqami, hujjatning qisqacha mazmuni va eng asosiysi xat-hujjat kelib tushgan tashkilot rahbarining ushbu xatga qo‘yadigan rezolyusiyasi va bajarish muddati aniq ko‘rsatib qo‘yiladi. Muddati o‘tgan xat hujjatlar bo‘yicha qizil tugmacha yonib xat-hujjatlarning ijrochisini ogohlantirib turadi.

Ro‘yhatdan o‘tkazilgan barcha hujjatlarning ijro etilishi nazorat qilinadi. Ijroni nazorat qilishga quyidagilar kiradi:

  • hujjatni nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish;
  • hujjatning ijrochiga o‘z vaqtida yetib borishini tekshirish;
  • ijroni amalga oshirish jarayonini tekshirish va boshqarib turish;
  • hujjatlar ijrosini nazorat qilish natijalarini hisobga olish, umumlashtirish va bu haqda rahbarni xabardor qilish.

Ijro etilish muddatlari hujjat imzolangan sanadan boshlab taqvim kunlarda, yangi kelgan hujjatlarni kelgan kunidan boshlab hisobga olinadi. Ijro muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror rahbar rezolyusiyasida ko‘rsatiladi. Vazifa bajarilgandan keyin natijalar to‘g‘risida tegishli topshiriqlarga va shaxslarga xabar berilgach yoki ijroning boshqa hujjat bilan tasdiqlangani ma’lum bo‘lgach hujjat bajarilgan hisoblanadi va nazoratdan olinadi. Ijrochilarning ish natijalari va nazorat qilinuvchi hujjatlar Tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi tominidan vaqti-vaqti bilan umumlashtiriladi va tahlil qilib boriladi hamda ijro intizomining samaradorligini mustahkamlash maqsadida tashkilot rahbariga axborot berib boriladi.

Nazorat qilinayotgan hujjatlar ijrosining muddati, ijrochilar, shuningdek, hujjatlar guruhlari bo‘yicha alohida-alohida tartibga solinadi.

Hujjatlar ijrosi nazorat qilinayotganda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

* nazorat qilinayotgan hujjat varaqchasini ijrochi bo‘linmaga yuborish;

* tarkibiy bo‘linmadagi ijrochining ismi, familiyasi va otasining ismi hamda

telefon raqamini aniqlash;

* nazoratdagi hujjat varaqchasiga ijroning borishi va natijalarini yozib qo‘yish;

* ijroning holati va natijalari to‘g‘risida rahbarlarga muntazam axborot berib

turish;

* hujjatlar ijrosining borishi va natijalari to‘g‘risida haftalik yig‘ilishlarda axborot berib turish;

* rahbar ko‘rsatmasiga binoan hujjatlarni nazoratdan chiqarish;

* ijro etilgan hujjatlar varaqchalari yig‘majildini tuzish.

Bir so‘z bilan aytganda “Ijro intizomi samarali faoliyatning muhim omilidir”.

Tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi katta mutaxassisi Sanjar Pardayev

Skip to content