Markazda “Yer soati” aksiyasi bo‘lib o‘tdi!

“Yer soati” aksiyasi o‘zi nima? : “Yer soati” sayyoramizdagi eng yirik ekologik aksiyasi hisoblanadi. Unda har yili 190 mamlakat va 2 milliarddan ortiq aholi ishtirok etadi, 18 mingdan ortiq me’moriy obidalarning yoritilishi o‘chadi. Tashabbus birinchi marta 2007 yilda Avstraliyada paydo bo‘lgan va hozirda iqlim o‘zgarishi muammosi va tabiiy resurslarni tejash zarurligiga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan global harakatning bir qismidir.

Aksiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining bino va inshootlarida elektr energiyasi bir soatga o‘chirildi.

Markaz xodimlari ushbu muddat davomida ochiq havoga chiqib, shaxmat-shashka va boshqa o‘yinlarni o‘tkazib, tabiat qo‘ynida sayr qilishdi.

Bu aksiya bilan Markaz xodimlari oz bo‘lsa ham Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga o‘z hissalarini qo‘shib va boshqalarni ham sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilishga ruhlantirishdi.

 

Skip to content