Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida e’tirof etilgan Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydigan ayyomdir.
Xalqimiz hayotida ham Navro‘z bayramining tutgan o‘rni, qalblarda uyg‘otadigan zavqi bo‘lakcha. Negaki, bu xalqona va ardoqli bayram kishi ruhiyatiga harir qishdan so‘ng navbahor shodligini, bahoriy uyg‘onish va iliqlikni olib kiradi.
Mazkur bayram munosabati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazija “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz va uning hududiy bo’lim xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Markaz direktori A.Xalilov Navro‘z bayramining tarixi, uning o‘ziga xosligi haqida fikr bildirib, Navro‘z nafaqat to‘kin-sochinlik, balki xotirjamlik, tinch-totuvlik ramzi, elu yurt birlashib nishonlanadigan ulug‘ bayram sifatida ham ardoqlanishiga urg‘u berdi hamda ushbu sana bilan barcha xodimlarni samimiy tabrikladi.
Bayram arafasida bir guruh Markaz xodimlari Adliya vazirining va Markaz direktorining faxriy yorliqlari hamda tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.