Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi “Mumtoz” mahallasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan kutubxona tashkil qilindi.
Kutubxonaning ochilish tadbirida Yashnobod tuman adliya bo’limi, faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, maktab o‘quvchilari, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.
“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kutubxonaga faxriy yozuvchilar tomonidan ham adabiyot tuplamlari tuxfa etildi.
Kitoblar bilan birga adabiyotlarning elektron va audio shakliridan foydalanish maqsadida elektron kutubxona ishini tashkil etilishi uchun zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.