Hashar – ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan qadimiy va doimiy qadriyat.

☘️Ushbu bebaho qadriyatda birdamlik, bag‘rikenglik va mehnatsevarlik kabi insoniyat sifatlari aks ettirilgan.

☘️Bugun mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari amalga oshirildi. Hasharda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi xodimlari ham xayrli ishga o‘z hissalarini qo’shish va Markazni obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish maqsadida ishtirok etishdi.

☘️Markazga biriktirilgan hududlarni tozalashga alohida e`tibor berildi.

☘️Ichki hududdagi barcha daraxtlar oqlandi, yangi daraxt va gullar ekildi.

 

Skip to content