✅Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
✅Tadbir davomida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov tomonidan Markaz faoliyati, amalga oshirilgan islohotlar, yangi joriy etilgan ekspertiza turlari, Markaz hududiy bo’limlarining faoliyati haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, tadbirda Markaz laboratoriyalarida foydalaniladigan asbob uskunalar ko’rgazmali burchagi ham tashkil etildi.
✅Markaz ekspertlari tomonidan OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.