Bugungi kunda butun dunyoda transport vositalari insoniyatning kundalik hayotida o‘zining ajralmas o‘ringa ega bo‘lib, ulardan yuk va yo‘lovchilarni tashishda, qishloq xo‘jaligida, sanoatda va boshqa turli sohalarda xizmatlarni bajarish uchun foydalanib kelinmoqda. Lekin transport vositalaridan foydalani jarayonida turli sabablar oqibatida ba’zan noxush hodisalar, ya’ni yo‘l transport hodisalari sodir bo‘ladi. Sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tez va to‘liq fosh etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bunday hodisalarning sabablari va shart-sharoitlarini chuqur o‘rganish va ularni keyinchalik sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Yo‘l transport hodisa deganda transport vositasining yo‘ldagi qatnovi jarayonida sodir bo‘lib, odamlarning o‘limi yoki ularning sog‘ligiga zarar yetishiga, transport vositalarini, inshooatlar, yuklarning shikastlanishiga yoki boshqa tarzdagi moddiy zararlar yetkazilishiga sabab bo‘ladigan hoidsa tushuniladi. Sodir etilgan yo‘l transport hodisasini mexanizmlarini o‘rganishda to‘qnashuv sodir etgan transport vositalaridagi bir-biriga mos keladigan izlarni tadqiq etadigan sud transport-trasologiya ekspertizasi alohida o‘rin kasb etadi.
Trasologiya fani o‘zi trass-iz va logika-fikrlashdan iborat bo‘lib, izlarni ko‘rib fikr yuritib ularni qanday xollarda xosil bo‘lishi mumkinlini aniqlab, ekspert o‘z xulosasini beradi. Transport-trasologiya ekspertizasining vazifasi bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvdan keyin yo‘l transport xodisasi mexanizmini tiklashdan iborat, ya’ni transport vositalarini to‘qnashuvgacha qanday yaqinlashib kelganligi, kaysi qismlari bilan qanday burchak ostida to‘qnashganligi va to‘qnashuvdan keyin qanday harakatlanganligini aniqlashdan iborat. Bir so‘z bilan aytganda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvdan keyingi yo‘l transport hodisasi mexanizmini qayta tiklashdan iborat. Hozirgi vaqtda ko‘p savollar transport-izshunoslik ekspertizasida voqea kuni tuzilgan chizma va transport vositalarini ko‘zdan kechirish yo‘li orqali hal etiladi. Ayrim savollarni hal etishda ekspertlar tomonidan masshtabli chizma tuziladi. Hozirgi vaqtda sud transport-izshunoslik ekspertizasida ham ilmiy asoslangan zamonaviy usullarni tadbiq etish talab etadi. Hozirgi kunda sud transport-trasologiya ekspertizasida yo‘l transport xodisasini mexanizmini tiklab ushbu xolatni videoshaklda maxsus dastur orqali tiklash mumkin bo‘ladi. Bunday dasturlardan biri “RS Crash” deb nomlanadi. Ushbu programma orqali tegishli o‘lchovlar, ya’ni yo‘lning kengligi, bo‘laklar, transport vositalarini turlari, to‘qnashuv burchagi, tezliklari va x.k. kiritiladi. Ushbu dastur esa o‘zi barchasini hisoblab beradi va hodisani ro‘y berish mexanizmini video shaklida ko‘rsatib beradi. Mazkur dasturni afzalliklari xaqiqiy bo‘lgan yo‘l transport xodisasi mexanizmini video shaklini sekinlashtirilgan xolatda ko‘rsatib beradi va xaydovchilarning ko‘rsatuvlariga, qaysi xaydovchi tomonidan amaldagi “Yo‘l xarakati qoidalari”ga rioya qilmaganligini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Albatta bu sud-tergov idorasi tomonidan vaziyatga baho berishga katta yordam beradi.
Albatta sud transport-izshunoslik ekspertizasining imkoniyatlari katta. Xozirda ko‘chalarda video kameralar o‘rnatilmoqda, videoregistratorlar amalga kirib keldi. Ko‘p xollarda yo‘l transport xodisalari videotasvirga olinmoqda. Ushbu videotasvirlardan xam keng foydalanib, yo‘l transport hodisasi mexanizmini tiklashda, o‘lchovlar olishga keng foydalanish mumkin. Chunki, voqea joyida o‘lchamda inson faktori sabab o‘lchovlarda xatoliklar bo‘lib qolishi mumkin. Umuman sud avtotexnika ekspertizasida faktik ma’lumotlardan foydalanish uslubiyatga asosan to‘g‘ri bo‘ladi va xaqiqiy xolatni ifodalaydi.
Shuningdek sud transport-izshunoslik ekspertizasida “Avtocad” dasturidan xam foydalanib transport vositalarini to‘qnashuv vaqtidagi holatlarini va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarni xal etish mumkin.
Kelajakda bu sohani, ya’ni sud transport-izshunoslik ekspertizasi rivojlantirish choralarini har bir ekspert ko‘rishi lozim. Dolzarb bo‘lgan mavzularda ilmiy ishlar bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyat bo‘lim mudiri
Kungratov Mirsoxib Sharapullayevich