“TRANSPORT VOSITASIGA YETKAZILGAN MODDIY ZARAR MIQDORI” VA “TRANSPORT VOSITASINI QAYTA TIKLASH XARAJATLARI MIQDORI” TO‘G‘RISIDA

Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida inson hayotini transportdan holi, xususan, avtomobil transportidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. Halq xo‘jaligining barcha tarmoqlari hamda millatning turmush tarzi texnika rivojining mahsuli bo‘lmish avtomobillar bilan mushtarak. Avtomobil transportining rivojlanib borishi odamlar uchun  bir qancha qulayliklarni yaratdi. Shu bilan birga, uning salbiy oqibatlari, ayniqsa, yo‘l-transport hodisalarining ta’siri  borgan sari sezilmoqdaki, shu xususda fikr yuritishni lozim topdik. BMTning rasmiy axborotlariga ko‘ra, avtomobillar bilan yuz berayotgan halokatlardan  jahonda har yili 1,0 mlndan ortiq odam  nobud bo‘lmoqda, 3,0 mln.dan ortiq kishiga turli darajada tan jarohatlari yetkazilmoqda. Xuddi shuningdek, moddiy zarar miqdori ham salmoqli, birgina Rossiya Federatsiyasi hududida sodir bo‘layotgan avtohalokatlardan yalpi milliy daromadning 2,0 foizi darajasida zarar ko‘rilmoqda. Yo‘l-transport hodisalari oqibatlari jamiyat hayotida sug‘urta faoliyatini takomillashtirish va har bir fuqaroni muhofaza qilishni talab etmoqda.

Umuman olganda, sug‘urta falsafasi yagona yoki bir nechta ishtirokchilarga, kutilmaganda yetkazilgan zararni sug‘urta jamiyatining barcha a’zolariga taqsimlash mexanizmiga asoslanadi, buning bilan oz sonli ishtirokchilarni keskin o‘zgarishlardan saqlab qolish, garchi, jamiyatning boshqa a’zolari hisobidan bo‘lsa ham, ko‘zda tutilgan.

Mamlakatimizda transport vositalari egalarining uchinchi shaxs oldidagi javobagrligi majburiy sug‘urtalanadi. Jaxon tajribalariga asoslangan holda jariy qilingan bu amaliyot yo‘l-transport hodisalari natijasida haydovchi tomonidan yetkazilgan zararni zudlik bilan qoplash imkonini beradi.

Zarar yetkazilganlik uchun javobgarlik uni sug‘urta qilish majburiy bo‘lganligi sababli sug‘urtalangan taqdirda, shuningdek, qonunda yoki bunday javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda sug‘urta shartnomasi o‘z foydasiga tuzilgan deb hisoblovich shaxs zarani sug‘irta puli doirasida to‘lash to‘g‘risida bevosita sug‘urtalovchiga talab qo‘yishga haqli. Sug‘urta qildiruvchi fuqarolik-huquqiy javobgarligini oldindan badal to‘lab borish orqali sug‘urtalaydi.

Fan-texnikaning rivojlanishi va undan foydalanish jarayonida uchinchi shaxsga ziyon yetkazish ehtimolining ortganligi va uning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish uchun Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 21 fevralda qabul qilingan Senat tomonidan 2008 yil 27 martda ma’qullangan kuni “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunning maqsadi fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga transport vositasi orqali zarar yetkazilganda kelib chiqadigan majburiyatlari tartibga soladi. 2008 yil 24 iyunda esa Vazirlar Maxkamasi tomonidan “Transport vositalari egalarining  fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari” qabul qilinidi. Mazkur qaror transport vositalari egalarning fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibini belgilaydi. Nisbatan qisqa muddat o‘tganiga qaramasdan, jaxon tajribalariga asoslangan holda joriy qilingan bu amaliyot yo‘l-transport hodisalari natijasida haydovchi tomonidan yetkazilgan zararni zudlik bilan qoplash imkonini xamda jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlari muhofazasida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Sug‘urta xizmatlarning rivojlanishi natijasida sudga oid transport baholash ekspertizasiga bo‘lgan ehtiyoj kundan kun oshib bormoqda. Buxoro viloyati hududida transport vositalariga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash X.Sulaymonova nomidagi RSEMning Buxoro viloyat bo‘limi va boshqa  (sug‘urta tizimida bo‘lmagan) tuzilmalarda amalga oshiriladi.

Sug‘urta tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga binoan yo‘l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda, mulk egasi  (yoki uning huquqiy vakili)  transport vositasini  ekspert ko‘rigiga taqdim etadi, transport vositasi ko‘zdan kechiriladi va unda vujudga kelgan o‘zgarishlar bo‘yicha tegishli hujjatlar tuzilib sug‘urta tashkilotiga taqdim etiladi.

Shu o‘rinda “transport vositasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori”  va “transport vositasini qayta tiklash xarajatlari miqdori” tushunchasi to‘g‘risida ma’lumotlar berish lozim bo‘ladi.

Transport vositasini “qayta tiklash xarajatlari miqdori” deganda, bu transport vositasini avariyadan oldingi holatiga keltirish uchun sarflanadigan mablag‘ tushuniladi.

Transport vositasiga yetkazilgan “moddiy zarar miqdori”ni hisoblashda qo‘llanilayotgan me’yoriy hujjatlarda avtotransport vositasining yo‘l-transport hodisasiga qadar bo‘lgan holati, bozor iqtisodi sharoitlarida butlovchi qismlar (ularning yemirilish darajasi inobatga olgan holda) va materiallarning shakllangan narxlari hamda ta’mirlash ishlariga sarflanadigan mablag‘ e’tiborga olingan. Shu bilan birga, ayrim (kam muddat foydalanishda bo‘lgan) transport vositalarining yo‘l-transport hodisasiga uchraganligi va uning ta’mirlanishidan tashqi ko‘rinishining yomonlashuvi, natijada tovar qiymatining pasayishi moddiy zarar miqdori hisobida e’tiborga olinadi.

Transport vositasiga “yetkazilgan moddiy zarar miqdori”, odatda, transport vositasini “qayta tiklash xarajatlari miqdori”dan biroz farqli bo‘lib, mazkur transport vositasining foydalanish muddati hamda uning texnik resurslari qay darajada saqlanib qolganligiga bog‘liqdir. Transport vositasiga yo‘l-transport hodisasida yetkazilgan moddiy zarar miqdori uni qayta tiklash uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

 

X.Sulaymonova nomidagi RSEMning

Buxoro viloyat bo‘linmi eksperti, 3-darajali yurist: B.B.Izomov

Skip to content