Sudga oid avtotexnika ekspertizasini tayinlash, yoʻl transport xodisasi sodir boʻlgandan soʻng, ushbu xodisada transport vositasi piyodani urib yuborganda, ikkita yoki undan kup transport vositalari bir-biri bilan toʻqnaganda sudga oid avtotexnika va sudga oid transport-izshunostlik, sudga oid avtotexnika(transport vositalarini texnik xolatini tekshirish boʻyicha) hamda transport vositalariga yetkazilgan modldiy zararni aniqlash boʻyicha ekspertizalar utkaziladi.
Sudga oid avtotexnika, sudga oid avtotexnika(transport vositalarining ishchi tormoz tizimi, rul boshqaruvi, yoritish chiroqlari) texnik xolatlari xaqida, sudga oid transport-izshunostlik hamda transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash boʻyicha sudga oid baxolash ekspertizalarini oʻtkazish tartibi, xodisa sodir boʻlgan xolat boʻyicha transport vositalarining texnik xolatini aniqlash buyicha IIB YHHB xodimlari, Xarbiy avtomobil nazorati xodimlari tomonidan transport vositalarini texnik xolatini koʻzdan kechirish bayonnomasi, tuplangan xujjatlar yoki jinoyat ishida boʻlishi, shunga asosan Oʻzbekiston Respublikasi JPK ning 172-175,180 moddalariga koʻra, qaror chiqariladi. Ushbu qaror va tuplangan xujjatlar yoki jinoyat ishi ekspertizaga taqdim etilgandan soʻng, ekspert qarorda quyilgan savollar buyicha tadqiqotlar olib boradi.
Tadqiotlar oʻtkazish davrida transport vositalaridan xodisa joyida qolgan tormoz izlaritga koʻra tezligini aniqlaniladi. Avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborishni oldini olish imkoniyati, transport vositalari bir biri bilan toʻqnashganda, transport vositalarini qanday xolatda, ularning buylama oʻqlari qanday burchak ostida toʻqnashganligini, transport vositalari harakatda boʻlganda tuqnashishgan yoki ulardan biri tuxtab turganda toʻqnashganligini, transport vositalari yoʻlning qaysi qismida, qaysi transport vositasi harakat qatnorv qismida toʻqnashganligi aniqlaniladi. Transport vositalarining texnik xolati, yaʼni yoʻl transport xodisasi sodir boʻlgandan soʻng, transport vositalarini texnik xolati yaʼni ishchi tormoz tizimi va boshqarish qurilmasi yoʻl transport xodisasi sodir boʻlgan paytda ishchi xolatdda boʻlgan yoki bulmaganligi, agarda transport vositalarida nosozliklar mavjud boʻlsa, ushbu nosozliklar yoʻl transporrt xodisasigacha, yokim yoʻl transport xodisasi natijasida mavjud boʻlganligini, agard transport vositasining ishchi tormoz tizimida yoki rul boshqarmasida nosozliklar mavjud boʻlsa, ushbu nosozlik oqibatida yoʻl transport xodisasi sodir boʻlgan yoki boshqa sabablarga koʻra sodir boʻlganligi aniqlaniladi. Undan tashqari transport vositalarini yoritish chioroqlari, yoʻl transport xodisasigacha ishchi xolatda boʻlgan yoki boʻlmaganligini, yoritish chiroqlari yoʻl transport xodisasigacha yonib kelgan yoki yonmasdan kelganligini, orqa yoritish chiroqlari, yaʼni tormoz tizimi ishga tushganda uni bildiruvchi stop chiroqlarini yonishi, burilish chiroqlarini yonish yoki yonmasligini aniqlab tergov surishtiruvi paytida jinoyatlarni fosh etishda amaliy yordan koʻrsatadi.
Yoʻl transport xodisasi sodir boʻlgandan soʻng, transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar aniqlaniladi. Avtomobillarga yetkazilgan moddiy zararni aniqlash, sodir boʻlgan yoʻl transport xodisasi natijasida shaxsga yoki transport vositasiga yetkazilgan zararlar aniqlab beriladi.
Sudga oid avtotexnika ekspertizasi tergov surishtirish ishlari olib borilayotgan paytda, qaysi bir transport vositasi haydovchisini yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmay harakatlanishlari natijasida harakatda boʻlgan yoki tuxtab turgan piyodani urib yuborishni oldini olish imkoniyatiga ega boʻlganligini yoki ega boʻlmaganligini, transport vositalari bir biri bilan tuqnashganda qaysi bir haydovchi yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmay harakatlanishi natijasida xodisani sodir boʻlganligini, bundan tashqari transport vositalarini qaysi yilda, qayirda ishlab chiqarilganligini, transport vositalarini VIN kodi boʻyicha tekshirishlar olib borilib, chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar Oʻzbekiston Respublikasiga qonun talablariga muvofiq kirib kelgan yoki qonunlarga xilov ravishda kirib kelganligini aniqlashda amaliy yordan kursatadi.
RSEMning Qashqadlaryo viloyati boʻlimi yetakchi eksperti
A.I.Qurtbitdinov