E‘LON: Sayyor qabul

Jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktor o‘rinbosari Orziyev Tolibjon Nazarovich tomonidan Qashqadaryo viloyatida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabul qilish kuni belgilangan.

Sayyor qabul Surxandaryo viloyat adliya boshqarmasi binosida 2023-yil
23-dekabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga
qadar bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Surxandaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko`chasi 42-uy

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (71) 209-11-55 (180,154)

Skip to content