E’lon! Dual ta’lim!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni quyidagi ekspertiza turlari bo‘yicha dual ta’lim prinsipi asosida qayta tayyorlash o‘quv qursalariga taklif etadi:

T/r Ekspertiza turlari
1. Sud-xatshunoslik ekspertizasi
2. Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi
3. Sud-trasologik ekspertizasi
4. Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
5. Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi
6. Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi
7. Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi
8. Tabiiy minerallar sud ekspertizasi
9. Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi
10. Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi
11. Dori vositalarining sud ekspertizasi
12. Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi
13. Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi
14. Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi
15. Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi
16. Sud-biologik ekspertizasi
17. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi
18. Sud-transport-trasologiya ekspertizasi
19. Sud-transport-baholash ekspertizasi
20. Sud-iqtisodiy ekspertizasi
21. Sud-buxgalteriya ekspertizasi
22. Sud-moliya-kredit ekspertizasi
23. Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi
24. Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi
25. Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi
26. Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi
27. Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi
28. Sud-yer ekspertizasi
29. Sud-tovarshunoslik ekspertizasi
30. Sud-fonografiya ekspertizasi
31. Videomateriallarning sud ekspertizasi
32. Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi
33. Sud-filologik ekspertizasi
34. Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi
35. Sud-psixologik ekspertizasi
36. Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi

Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagini bildirgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik kurslar shaklida tashkil etiladi.

Talabgorlarni o‘quv kursiga qabul qilish suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat talabgorning tanlayotgan kasbga qiziqishi, soha bo‘yicha tayanch bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘tkaziladi.

O‘quv qursining nazariy qismi oliy ta’lim muassasalarining malakali professor o‘qituvchilari tomonidan masofaviy yoki ananaviy shaklda, nazariy qismi davlat sud ekspertiza muassalarida malakali sud ekspertlari tomonidan olib boriladi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat beriladi va ular kelgusida Davlat va nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarida sud eksperti sifati ishlashi mumkin.

O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar info@sudex.uz elektron pochtasi orqali hamda bevosita X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga quyidagi hujjatlarni topshirishlari mumkin:

– davlat sud-ekspertiza muassasasiga muassasa rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida imtihon topshirishi va ta’lim olishi ko‘rsatiladi);

– talabalar uchun tahsil olayotganligi haqida ma’lumotnoma;

Hujjatlar 2023-yilning noyabr oyidan 2024-yilning 26-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 209-11-55 ichki (214, 201) telefon raqami hamda info@sudex.uz elektron pochtasi orqali olishingiz mumkin.

Skip to content