Yong’in-texnik ekspertizasining dolzarb muammolari

O’zbekistonda har kuni bir necha yuz yong’in sodir bo’ladi, ularda o’nlab odamlar halok bo’ladi, yuzlab odamlar jarohatlanadi. Profilaktik tadbirlar yong’inga qarshi kurashning zaruriy chorasidir. Profilaktik tadbirlarni ijro etishda kamchiliklar shulardan iboratki, uni amalga oshirishda yuzaga keladigan eng muhim muammolarni hamda profilaktika choralarini kuchaytirish kerak bo’lgan sohalarni aniqlash uchun yong’inlarni kelib chiqishini tergov qilish, uning doirasida yong’in sabablarini aniqlash kerak, shuningdek, nafaqat uning sodir bo’lishi uchun, balki yonishi hamda tarqalishini saqlab qolish uchun mas’ul bo’lgan shaxslarni aniqlashda iborat.

Yong’inni tekshirishda ustuvor vazifa, albatta, uning paydo bo’lish sababini aniqlashdir. Yong’inning texnik sababini aniqlash yong’in-texnik ekspertizaning asosiy vazifasidir.

Yong’in-texnik ekspertiza eng murakkab va baxs-munozarali tadqiqotlardan biridir, chunki uning yordami bilan ba’zan ekspertiza tayinlanishidan ancha oldin sodir bo’lgan faktlarni aniqlash kerak. Yong’in ekspertizasini o’tkazishda ekspert guvohlarning, o’t o’chiruvchilarning tushuntirishlarini, yong’in dalolatnomasini, voqea joyini ko’zdan kechirish bayonnomasini, yong’in joyining chizmalarini o’rganadi. Lekin tadqiqotning asosiy ob’yekti zarar ko’rgan ob’yekt hisoblanadi ya’ni yongan uy, hammom, garaj, kvartira, ofis yoki omborxona, xona, bino, shuningdek, transport vositasi va boshqalar bo’lishi mumkin bo’lgan. Yong’inlarni tekshirishda, eng muhimi, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashda voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish muhim rol o’ynaydi.

Asosiy qiyinchiliklar shundaki, ekspert yong’in sodir bo’lgan joyda yong’inning uzoq vaqt va tez yonish natijasida yong’inning paydo bo’lish va rivojlanish izlarini tahlil qiladi. Yong’in kuch va vositalarining noto’g’ri taqsimlanganda, shuningdek, ekspertizani kechroq tayinlanganda voqea joyi sezilarli darajada buzilganligi yoki butunlay yo’qolib ketishi mumkin. Yong’in sababini aniqlashda, voqea joyini tekshirish qanchalik tez amalga oshirilsa, muvaffaqiyatga erishish ehtimoli ko’proq bo’ladi.

Tadqiqot o’tkazishda ekspert sud, tergov va surishtiruv tomonidan taqdim etilgan materiallarga ham asoslanadi, ularni tahlil qilish paytida ekspert yong’inning texnik sabablarining ekspertlik versiyalarini ilgari surishi yoki rad etishi mumkin. Shu sababli, ekspertiza xulosalarining to’liq va har tomonlama bo’lish uchun ekspertga tadqiqot uchun bir-biriga zid bo’lmagan va ekspertni chalg’itmaydigan eng haqiqiy ma’lumotlar taqdim etilishi kerak.

Misol sifatida, g’ishtli pech bilan isitiladigan yonib ketgan ikki qavatli uyning ekspertizasini ko’rib chiqamiz. Yong’inning texnik sababining ekspert ehtimolliklaridan biri isitish pechining ekspluatatsiyasidir. Ushbu ehtimollik uchun tahlil o’tkazish bosqichlaridan biri isitish pechining yong’in xavfsizligi standartlariga muvofiqligini tekshirishdir. Ammo qurilish inshootlari yong’in natijasida vayron bo’lgan taqdirda, masalan, isitish pechi devoridan yoriqlarni aniqlash, hatto ekspert voqea joyini tekshirganda ham mumkin emas. Ushbu ma’lumotlar ekspertga taqdim etilgan materiallarda bo’lishi mumkin, ammo ekspert tomonidan ushbu ehtimollik bo’yicha olib borilgan tadqiqotning to’liqligi ekspertga taqdim etilgan materiallarning haqiqiyligiga bog’liq. Agar ulardagi ma’lumotlar ishonchsiz bo’lsa, ekspert noto’g’ri xulosalar chiqarishi mumkin. Nafaqat yong’in-texnik ekspertizaning, balki deyarli har qanday turdagi sud ekspertizaning eng dolzarb muammosi – bu materiallarning yetishmasligi hisoblanadi. Tergov yoki surishtiruv organlarining yetarli darajada ma’lumot to’planmaganligi, masalan, barcha guvohlarni so’roq qilish, izlarning yetarli darajada qayd etilmaganligi, shu jumladan yong’in sodir bo’lgan joyda qurilish inshootlariga issiqlik ta’sirining darajasi, shuningdek, dastlabki tekshiruvda yong’in-texnik mutaxassisning yo’qligi yoki uning past malakasi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan keyingi laboratoriya tahlillari uchun ob’yektlarning to’liq yig’ilmaganligidir. Shuningdek, ekspertga ma’lumotlarining yetishmasligi sud yong’in-texnik ekspertizasini tayinlagan organ yoki shaxsning u yoki bu materialda kam ma’lumotga ega ekanligiga, undagi ma’lumotlarning ekspert uchun ahamiyati katta bo’lmaganligi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotlar ishonchsiz bo’lishi mumkinligi va ekspert oldiga qo’yilgan har qanday savolga javob bera olmasligiga olib keladi va sudyaning ish bo’yicha to’g’ri qaror qabul qilishi muammoli bo’ladi.

Shunday qilib, barcha guvohlarning batafsil tushuntirish xati, yong’in sodir bo’lgan joyni tekshirish paytida mutaxassisning mavjudligi, yong’in joyidagi barcha izlarni suratga olish bilan fiksatsiya qilish, laboratoriya tahlillari uchun barcha kerakli namumalarni olish, vaqtliroq ekspertiza tayinlash, barcha to’plangan ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, tadqiqot o’tkazish ishonib topshiriladigan yuqori malakali ekspert – to’liq, aniq, xolis va har tomonlama yong’in texnik ekspertizasi xulosasining kalitidir.

 

Yong’in-texnik ekspertizasi  laboratoriyasi eksperti B.Mirzayev

 

Skip to content