O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 10-apreldagi 72-um-son buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan, Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat ishlari (shu jumladan tergovdan oldingi tekshirish materiallari), ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar boʻyicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori, sud ajrimi asosida o’tkaziladi.
Avvalambor “Sud ekspertizasi nima uchun kerak” degan savolga javob bersak sud ekspertizasi sud, tergov organlari ish yurituvida bo’lgan surishtiruv, surishtiruvga qadar
tekshiruv tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida vujudga keladigan muammoli vaziyatlar yuzasidan shuningdek ish xolatlarini aniqlik kiritishda maxsus bilimlar talab etilgan xolatlarda hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun o’zlarining oldilaridagi muammoli masalalarda yechim topishda amaliy yordam ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Buxoro viloyat bo’limida bugungi kunda Sud-qurilish texnikav va sud yer ekspertizasi yo’nalishlari bo’yicha sud tergov organlari, jismoniy va yuridik shaxslar murojatlariga muvofik quydagi ekspertiza tadqiqotlari o’tkazib kelinmoqda.
Bino-inshootlarga boʻlgan baxolash va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash bo’yicha, baholovchi nodavlat tashkilotlar tomonidan tuzilgan baxolash hisobotlarini ilmiy va uslubiy jihatdan toʻgʻri yoki noto’g’ri bajarilganligini tekshirish tadqiqotlarini o’tkazish.
Ajratilgan yer maydonlarining xaqiqiy oʻlchamlarining yer ajratish kadastr xujjatlaridagi o’lchamlari bilan mosligini tekshirish tadqiqotlarini oʻtkazish.
Sud-yer ekspertizasi – turar joy va nooturar bino inshootlardagi yer maydonlarini ularni boʻlib foydalanish tartibini belgilash tadqiqotlarini o‘tkazish.
Sud-qurilish ekspertizasi – turar joy va nooturar bino inshootlarni qiymatini aniqlash va ularni boʻlib foydalanish tartibini belgilash hamda shaxsiy, umumiy hissadorlik mulki bo’lgan uy-joylarni boʻlib berish yoki shaxsiy hissasini ajratib berish, bunda ekspert uy-joyni, texnik jihatdan QMQ va ShNQ ga zid yoki mos tarzda qurilganligini aniqlash kabi tadqiqotlarini oʻtkazadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi O‘RQ-786 son qonuni bilan (O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlariga, Fuqarolik protsessual kodeksiga, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan,) advokatlarga iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash, ekspertiza xulosasi ish materiallariga qo‘shib qo‘yilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish huquqi berilgan. Shuningdek, Advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi deb ko‘rsatilgan.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Buxoro viloyat bo‘limi siz aziz vatandoshlarimizga xayot va ish faoliyatingizda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yoxud anchadan beri yechimi topilmayotgan muammoli masalalar bo‘yicha murojatlaringizni xar tomonlama, to‘laqonli, qonuniy va zamonaviy ekspertiza imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda tegishli tadqiqot va tekshirishlar o‘tkazishni qisqa muddatlarda ko‘rib chiqishga tayyorligimizni bildirib qolamiz.
Adliya vazirlgi xuzuridagi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika
sud ekspertiza markazi Buxoroviloyat bo‘limi
sud-qurilishtexnikaviy sud yer ekspertizasi eksperti
Kamolov Ergash Olimovich